Qon hujayralari, bakteriyalar va boshqa bir qancha antigen zarralar bilan agglutinatsiya hodisasini sodir qiluvchi antitanaga agglutinin deb ataladi. U qon plazmasi tarkibida bo’ladi. Uning qon plazmasi tarkibida uchrashiga ko’ra qon guruhlari farqlanadi. 0 (I) va B (III) qon guruhida α-agglutinin; 0 (I) va A (II) qon guruhida β-agglutinin bo’ladi. Ushbu oqsil tuzilmasi immun tizimidagi immun javobning bir qismi hisoblanadi.
Agglutininni ilk marotaba 1900-yilda immunolog Karl Landshteyner qon tarkibidan ajratib olgan. U qon guruhlarini kashf etganligi uchun 1930-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloq qonida agglutinin bo’lmaydi. U bolaning yoshi o’tib borgan sari hosil bo’ladi va 10-14 yoshlarida organizm immun tizimining shakllanishi yakunlanish davrida o’zining eng yuqori konsentratsiyaga erishadi.
Ushbu antitana oqsil tabiatli modda bo’lib, antigenlarni agglutinatsiya qiladi, shu bilan birga u immunoglobulinlar qatoriga kiradi. Qon guruhini belgilovchi asosiy agglutininlar: α- va β-gemmaggluninlar bo’lib, bu immunoglobulin IgM, kamdan-kam holda IgG hisoblanadi. Ularning antigenlar bilan sodir bo’ladigan immun reaksiyasi “antigen-antitana” tamoyili asosida kechadi.
Masalan, sovuq agglutinin IgM harorat pasayganda, ba’zan esa infeksiya paytida ertirotsitlar agregatsiyasini yuzaga keltiradi. Mycoplasma pneumoniae bakteriyasi chaqirgan atipik pnevnomiya vaqtida qon tarkibida agglutinin tirti ortib ketadi, bu esa keyinchalik gemolitik anemiyani yuzaga keltiradi.
Bundan avval inson terisi va uning o’ziga xos jihatlari haqida ma’lumot bergan edik.
Muallif haqida
O'xshash maqolalar
Izoh yozish
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.