Beruniyning “Saydana” asarida keltirilgan dorivor o’simliklar

Madina Pulatova
Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani
30-maktab biologiya fani o’qituvchisi

O’rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug’ildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi ortib bordi. U o’z zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geogeziya, geologiya, minerologiya, tarix, tibbiyot kabilarni chuqur o’rgandi.

Beruniy 100 dan ortiq kitoblarni yozib bizga meros qoldirgan. Shulardan 30 ga yaqini bizgacha yetib kelgan. Jumladan, «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Xorazmning mashhur kishilari», «Geodeziya», «Munajjimlik san’atining boshlang’ich tushunchalari», «Hindiston», kitoblaridir. Beruniy o’z asarlari ro’yxatini tuzgandan keyin ikkita muhim kitobni yozgan. Bulardan biri «Minerologiya»dir . Bu risola o’z zamonasining tengi yo’q asari hisoblangan.

Beruniyning oxirgi asari -«Dorivor o’simliklar haqidagi kitob»ining qo’lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar «Saydana» nomi bilan mashhur. Bu asarda Beruniy Sharq, ayniqsa Markaziy Osiyoda o’sadigan dorivor o’simliklarning to’la tavsifini bergan. Jumladan “Saydana” asarida 1116 tur dorivorni tavsiflaydi. Shundan 750 turi o’simliklardan, 101 turi hayvonlardan, qolgan 255 turi minerallardandir. “Saydana” asarining asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, unda Abu Rayxon Beruniy dorishunoslik o’zi alohida fan bo’lishligini ta’kidlab, shu bilan farmokologiya fanini asoslaydi. Beruniyning mazkur asarida keltirilgan va tibbiyotda hozir ham keng qo’llanib kelinayotgan, ayrimlari bilan tanishtirmoqchimiz.

Abujahl tarvuzi

Qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t, o’simlik. Barglari yirik,poyasida ketma-ket joylashgan. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Gullari bir uyli. Mevasi iyul-avgust oylarida pishadi. Ildizining tarkibida glikozidlar bor,smola, polisaxaridlari ham bor. Ildizidan tayyorlanadigan qiyom akofit preparati tayyorlashda ishlatiladi, u og’riq qoldirish, qon to’xtatish xususiyatiga ega.

Bodom

Bodom ra’nodoshlar oilasidan, bo’yi 2-5 m, ba’zan 8m ga yetadigan daraxt, shirin va achchiq xillari mavjud. Fevral-mart oylarida gullaydi. Mevasi iyulda pishadi. Mag’zi tarkibida 42-62 % moy, vitamin B2, 2 % emulsiya oshqozon-ichak og’rig’ini qoldirish, bodom moyi esa ich yumshatuvchi dori sifatida ishlatiladi.

Gulxayri

Gulxayri- gulxayridoshlar oilasiga mansub,bo’yi 150-160 sm tik o’sadigan o’t o’simlik. Bargi yuraksimon, poyasida ketma-ket joylashadi. Iyundan sentyabrgacha gullaydi. Gullari har xil tusda yakka yoki to’p bo’lib ochiladi. Mevasi yassi, yumaloq, quruq, serurug’. Ildizida shilimshiq moddalar, kraxmal, aspargin mavjud. Balg’am ko’chiruvchi, nafas yo’li yallig’lanishiga qarshi preparat tayyorlashda qo’llaniladi.

Mavrak

Mavrak-labguldoshlar oilasiga mansub, ko’p yillik o’t, bo’yi 20-50 sm ga yetadi. Barglari oddiy, uzun bandli, poyasining yuqori qismida qarama-qarshi joylashadi. Iyun-iyul oylarida gullaydi, gullari qisqa bandli, boshoqsimon. Mevasi yassi, yumaloq, yong’oqcha shaklida. Efir moyi olinadi. Yaralanishga qarshi muhofaza vositasi tarzida qo’llaniladi.

Jut

Jut- jo’kadoshlar oilasiga mansub bir yullik o’t, bo’yi 3 m ga yetadi. Barglari keng lansetsimon. Gullari sariq. Iyulda gullaydi. Ko’sak holidagi mevasi sentyabrda pishadi. Urug’idan yurak glikozidlari tayyorlanadi.

Igir

Igir-itkuchaladoshlar oilasiga mansub, ko’p yillik, bir pallali, bo’yi 60-120 smga yetadigan o’t. Barglari qilichsimon, guli so’ta xilidagi to’pgulga jamlangan. Mevasi qizil ho’l meva, ko’p urug’li. Ildizpoyasida efir moyi, vitamin C, kraxmal va oshlovchi moddalari mavjud. Ishtaha ochadi, ovqat hazmini yaxshilaydi. Buyrak, jigar va o’t pufak kasalliklarini davolash uchun dori tayyorlashda foydalaniladi.

Kanakunjut

Kanakunjut- sutlamadoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t. barglari panjasimon, gullari shingilga jamlangan. Mevasi tikanli ko’sakdan iborat. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Mevasi sentyabr-oktyabr oylarida pishadi. Urug’idan moy, oqsil, zaharli ritsiyuritsin alkoloidi olinadi. Shuningdek, malham va boshqa dorilar tayyorlanib, ilmiy tibbiyotda qo’llaniladi.

Qarafs (Selderey)

Qarafs-soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t. barglari panjasimon qirqilgan, guli soyabonni hosil qiladi. Mevasi tikanli ko’sak. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Mevasi sentyabr-oktyabr oylarida pishadi. Urug’ida moy, oqsil, flavon glikozidi, apegenin, vitamin C, karotin moddasi bor. Qarafsdan sukapichgravean preparati olinadi, u kuchli siydik haydovchi xususiyatga ega.

Ko’knor

Ko’knor-ko’knordoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t. bo’yi 50-60 sm ga yetadi. Barglari ellipssimon yoki lansetsimon, guli poyasining uchida. Mevasi ko’p urug’li ko’sakdan iborat. Ko’knoridan juda ko’p moddalar borligidan ko’p dorilar tayyorlanadi. Morfinizm xususiyatiga ega.

Xmel

Xmel-qulmoq tutdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik, ikki uyli, bo’yi 6 metrgacha yetadigan o’simlik. Barglari aylana tarzida, to’rt qirrali poyasida qarama-qarshi joylashgan. Iyul oylaridan boshlab gullaydi, guli mayda, boshoqli. Mevasi yong’oqchadan iborat. Tarkibida efir moylari, smola, xmelin alkoloidi mavjud.

Mingdevona

Mingdevona –ituzumdoshlar oilasiga mansub, ikki yillik o’t. bargi tuxumsimon, poyada ketma-ket joylashgan. Barglari sariq, to’pgul hosil qiladi. Mevasi ko’p urug’li ko’sakdan iborat. U yoz bo’yi gullab meva beradi. Ildizidan quyuq va quruq ekstrakt dori va moy olinadi. Bargi bronxial astmada chekiladigan astmamatal tarkibiga qo’shiladi.

Ro’yan

Ro’yan-ro’yandoshlar oilasiga mansub, bo’yi 1,5 m ga yetadigan, barglari lansetsimon ko’p yillik o’t. Iyul-avgustda gullaydi. Gullari mayda, shingilga to’plangan. Ildizpoyasi tarkibida oksiantraxinon va bir qator hosilalari erkin holda glikozid shaklida uchraydi. Ildizpoyasidan tayyorlangan ekstrakti ilmiy tibbiyotda qo’llaniladi.

Dalachoy

Dalachoy (sariqchoy)-tikn o’suvchi o’t, bo’yi 30-100 sm dalachoydoshlar oilasiga mansub o’simlik. Bargi oddiy, poyada qarama-qarshi joylashgan. May-avgust oylarida gullaydi. Gullari tillarangli, mevasi uch xonali, serurug’, pishganda ochiladigan ko’sakdan iborat. Yer osti qismida 10-12 % oshlovchi moddalar, 0,4 % giperitsin, bo’yoq moddalar, flavinoidlar, karotin, vitamin C mavjud. Yer usti qismidan damlama, qiyom, suyuq ekstrakt va bakteriorsidimanin preparat tayyorlanadi.

Safroo’t

Safroo’t-sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik, balandligi 60 sm ga yetadigan o’t. Barglari lansetsimon, qarama-qarshi joylashgan. May-avgust oylarida gullaydi. Guli yakka holda uzun bandi bilan barg qo’ltig’iga birikadi. Mevasi serurug’ tuxumsimon ko’sakdan iborat.

Sachratqi

Sachratqi-murakkabguldoshlar oilasiga mansub ko’pyillik o’t,bo’yi 30-100 sm ga yetadi. Bargi lansetsimon, poyada ketma-ket joylashadi. Iyun oyidan boshlab sovuq tushguncha gullaydi. Gillari havorang savatchaga to’plangan. Mevasi pista shaklida. Barcha a’zolari sut shirasiga boy. Ildizida achchiq glikozidlintabin, inulin, qand moddasi B1 vitamini, bargida C vitamin bor. Sachratqidan tayyorlangan suyuq ekstrakt qand kasalini davolashda ishlatiladi.

Sano

Sano-dukkakdoshlar oilasiga mansub, bo’yi 1 m gacha yetadigan, yarim buta o’simlik. Poyasi shoxlangan. Bargi juft patli, murakkab ketma-ket joylashgan. Iyun oyining oxirlarida gullaydi. Gullari shingil hosil qiladi. Mevasi yassi, yapaloq, tuxumsimon, ko’p urug’li danak shaklida. Bargidan damlama va kukun tayyorlanadi, surgi sifatida ishlatiladi.

Shvid (bodiyon)

Shvid(bodiyon) soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t. Bo’yi 80 sm larga yetadi. Poyasi tik o’sadi. Bargi nov orqali poyaga birikkan. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Gullari murakkab to’pgulli. Mevasidan olinadigan anetin preparatining spazmatik (muskullarning tortilishi) ta’siri bor. Yer usti qismidan tayyorlangan damlamaga bromning natriyli tuzini qo’shib qon bosimini pasaytirishda qo’llaniladi.

Qizilmiya (shirinmiya)

Qizilmiya(shirinmiya)-dukkakdoshlar oilasiga mansub, bo’yi 1-1,5 metrga yetadigan ko’p yillik o’t o’simlik, bargi ellipssimon, cho’ziq tuxumsimon yoki lansetsimon. Iyun-avgust oylarida gullaydi. Mevasi pishganda ochilmaydigan dukkak shaklda. Avgust-sentyabrda yetiladi. Ildizida 23% glyukarrin, likviritin, likviritozid, likviriton, flabinoidlar bo’lib, nafas yo’li kasalliklarida balg’am ko’chiruvchi, surunkali qabziyatda esa yengillashtiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Zab dori tayyorlashda foydalaniladi.

Ermon

Ermon-murakkabguldoshlar oilasiga mansub, bo’yi 50-100 sm gacha yetadigan ko’p yillik o’t o’simlik. Bargi uchburchak yoki yumaloq. Iyul-avgust oylarida gullaydi. Gullari mayda, sariq, savatcha hosil qiladi. Mevasi o’tkir uchli, qo’ng’ir rangli pista shaklida. Yer osti qismida 2% gacha efir moyi(abeintol), achchiq glikozidlar bor. Bu o’simlikdan tayyorlangan dorilar ishtaha ochuvchi, o’t haydovchi, oshqozon kasalliklarida ishlatilad

Yalpiz

Yalpiz-labguldoshlar oilasiga mansub, bo’yi 30-100 sm gacha yetadigan o’simlik. Poyasi to’rt qirrali. Bargi oddiy, poyada qarama-qarshi joylashgan. Iyun oyining oxiridan boshlab gullaudi. Gullari mayda, qizil, binafsharang, boshoqsimon to’pgul hosil qiladi. Mevasi kosabargi bilan birlashib to’rtta yong’oqcha hosil qiladi. Bargidan damlama, efir moyida yalpiz suvi, qiyom, mentol, migren qalami, validol tayyorlanadi. Bu dorilar efir moyidan tayyorlangan yalpiz suvi va qiyomi ko’ngil aynishini qoldirish, qayt qilishni qoldirish, uning oldiniolish, ovqat hazm qilish, quloq, burun, nafas yo’llari kasalliklari, tish og’rig’ini qoldiradigan migren qalami tayyorlanadi.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan mazkur dorivor o’simliklar Beruniy davrida tabobatda keng iste’molda bo’lgan va tibbiyotda ko’p asrlar taraqqiyot yo’lida muhim ahamiyatga molik bo’lgan, hozir ham farmakologiyada katta axamiyatga egadir. A.R.Beruniy yoshligidan to umrining oxirigacha tabiarni o’rganishga katta ahamiyat bergan. Bu haqda “Saydana” asarida shunday hikoya qiladi: “Yoshligimdanoq qandoq bo’lsa ham ma’rifat olishga qattiq berilgan va shundan lazzatlangan edim. Shohid keltirish yuzasidan shuni aytish kifoya: yerimizga bir rumlik kelib qolgan edi. Men unga donlar, urug’lar, mevalar, o’simliklar va boshqa narsalar keltirib nomlarini so’radim va ularni yozib oldim”. Mazkur asar 1927 yili Turkiyaning Bursa shahridagi kutubxonadan topilgan. 1973 yili rus tiliga tarjima qilinib, izohlar bilan nashr etilgan.

Izohlar

  1. Sayyora Anvarjonovna
    Sayyora Anvarjonovna 11 Yanvar, 2019, 06:10

    Madina keltirilgangan ma’lumotlar uchun rahmat.

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.