BIOLOGIK KALENDAR

Xursanoy Murodova
Navoiy viloyati Karmana tumani

30-maktab biologiya fani o’qituvchisi

Yangi yilda siz biologlar uchun yangi taqvim taqdim etyapman. Qanday taqvim deysizmi? Unda keling tanishtiraman. Kalendarimizni oylar ketma -ketligi bo’yicha ko’rib chiqamiz.

QISH

1-yanvarni hammamiz yangi yil sifatida bilamiz. Aynan shu kunda 1968 yilda O’zMU qoshidagi Botanika bog’iga ilmiy tadqiqot maqomi berilgan kun. 11- yanvar Xalqaro qo’riqxonalar va milliy bog’lar kuni ekan.  16 – yanvar Isroilda daraxtlarning yangi yili nishonlanadigan kun. O’sha kuni daraxtlarga turli bezaklar beriladi. Fevral oyiga yetib keldik. 2 – fevral AQSh, Kanadada sug’ur kuni hisoblanadi. Aholi sug’urning hatti harakati orqali bahorning kelishi haqida bilish mumkin deb hisoblashadi. Qadimgi Rimda ushbu kun tipratikanlar kuni sifatida nishonlangan va tipratikanlardan metereolog sifatida foydalanishgan. 3 – fevral Tailandda gullar festivali kuni Chiangmay shahrida o’tkaziladi. Shaharning nomi “shimol atirguli” ma’nosini anglatadi. Festivalni bu yerda o’tkazilishiga sabab esa aholi qadimdan gul o’stirishga qiziqqanidir. 14 – fevral shoh va shoir Z.M.Bobur tavallud topgan kunda Bolgarlar (Trifon Zarezan) uzum  va uzumchilar bayramini nishonlashadi. Bu bayram ruhoniy Trifon sharafiga qo’yilgan. O’sha kuni turli uzum navlari namoyishi va uzumdan bo’lgan taomlar, shirinliklar omma e’tiboriga havola qilinadi. 16 -fevral kuni AQSH da milliy bodom kuni bayram qilinadi. 19 – fevral kuni Xalqaro kitlar va dengiz jonivorlari kuni. Bu kunni nishonlash 1986 yilda joriy qilingan. Ushbu kunda kitlarni ovlash va go’shtini yeyish ta’qiqlanadi. 22 – fevral  Yaponiyada mushuklar kuni. Bu bayram ikki so’zini talaffuzidan kelib chiqqan. Ikki so’zi Yaponchada “ni” deb talaffuz qilinadi. O’ynoqi talaffuzda “nyan” deyiladi. Yaponlar mushuklarni “nyan”, “nyan”, “nyan” deb muyovlashadi deb hisoblashadi. “nyan”, “nyan”,”nyan” bu “ikki”, “ikki”, “ikki” ya’ni ikkinchi oyning 22 – kuni degani. 1987 yilda “Mushuklar kuni” ijroiya qo’mitasi tashkil etilib, bayram keng nishonlana boshlangan. Ular mushuklarni bejizga qadrlashmaydi. Zilzila boshlanishini mushuklar 10 soniya oldin bilishar ekan. Shuning uchun ham restoran va magazinlarda mushuk boqilar ekan. 26 – fevral AQSh da xandon pista kuni nishonlanadi. Undan qandolatchilikda keng qo’llaniladi. AQSH xandon pista yetishtirish bo’yicha kuchli o’ntalik tarkibiga kiradi. 27 – fevral Butun dunyo oq ayiqlar kuni. Bu kunni nishonlashdan maqsad qutb ayiqlari haqida ma’lumotlarni tarqatish va ularni qo’riqlashda keng jamoatchilikni jalb qilish. Olimlarning aniqlashicha oq ayiqlarning 19 turidan 8 turi kamaygan, 3 turi bir maromda va bitta turi ko’paygan.

BAHOR

Bahorning ilk oyiga yetib  keldik. 1– mart Rossiyada mushuklar kuni hisoblanadi. O’sha kuni uysiz mushuklarga boshpana va ovqat borasida yordam beriladi. 13 – mart Tailandda fillar kuni nishonlanadi. Fillar qadimdan ibodatxonalar, shaharlar qurishda yordam berganlari uchun qadrlangan. Qirollikda fillar uchun mazali tushlik tayyorlangan. Hozirgi kunda ular qo’riqxonalarda saqlanadi. Ayni bayram arafasida fillarga Santa Klaus kiyimini kiydirib bolalarga sovg’alar ulashilyapti. Bu esa turistlar oqimini ko’paytiradi. 20 – mart Xalqaro o’rmonlarni himoya qilish kuni. 1971 yilda 23 – bosh assambleyada o’tkazilgan Yevropa qishloq xo’jaligi tashkiloti tomonidan qo’llab- quvvatlandi. Shimoliy yarimshardagi tengkunlikka to’g’rilangani sababi bu kunda yangi hayot boshlanadi. O’rmonlar va ulardagi boyliklarni asrash maqsadida ushbu kun tashkil etilgan. 22 – mart gullar bayrami nishonlanadi. Gollandiyaning Vogelzang shahrida golland lolalari bog’i ochilgan kun hamdir. 20- martdan boshlab 2 oy mobaynida lolalarning mingdan ortiq turi namoyish etiladi. Bahorning ikkinchi oyi qanday kunlarga boy ekan? 1 – aprel siz va men yaxshi bilgan kulgi kunida butun dunyo aholisi qushlar kunini nishonlashini bilasizmi? 1894 yilda ilk marta AQSHda nishonlangan. 17- asr boshlaridan buyon 100 ga yaqin qushlar turi qirilib ketgan. Ularni muhofaza qilish maqsadida bu kun nishonlanadi. 3 – aprel Niderlandiyada gullar bayrami. 16 – aprel Avstraliyada dengiz jonivorlari kuni. Bayram dengiz jonivorlarini himoya qilishga qaratilgan. 19 – aprel Xalqaro yaproqlardagi mo’jiza bayrami kuni. BMT bosh assambleyasi tomonidan 1988 yil 19 – aprel Xalqaro yaproqlardagi mo’jiza bayrami deb e’lon qilindi. Bu bayram barglarning fotosintez qilib organik modda hosil qilishi va tabiatni kislorodga boyitishiga bag’ishlangan. 19 – aprel yana boychechaklar kuni hamdir. 1984- yil birinchi bo’lib Angliyada nishonlangan. 22- aprel Vashingtonda yong’oqlar bayrami nishonlanadi. Bayramda har xil yong’oqlarning har xil turlari namoyish etiladi. 25 – aprel daraxt ekish bayrami – Arbor Day. 1874 – yili 1- o’rmon kunida D.Sterling Morton tashabbusi bilan tashkil etilgan. O’sha paytda Nebraska shtatida 12 mln daraxt ekilgan. 20 yildan so’ng ko’chatlar 350 mln ni tashkil etgan. Bu bayramga o’quvchilar ham jalb etilgan bo’lib, bolalarga gullar ko’chati tarqatiladi va kuzda kimni guli yaxshi ko’karsa sovg’a beriladi. 29- aprel Yaponiyada ko’kalamzor bayrami. 1988 – yildan nishonlanib kelinadi. Men yaxshi ko’radigan oyga ham yetib keldik. 1 – may xalqaro sayg’oq kuni. Bayram sayg’oqlar turini saqlab qolish va asrashga qaratilgan. 1- may Fransiyada marvaridgullar kuni. Marvaridgul baxt va sog’lik keltiradi deyishadi. 1561 yil 1- mayda qirol Karl IX saroyidagi barcha xonimlarga marvaridgul sovg’a qilib bu an’anani ta’sis etgan. 2 – may to’tiqushlar festivali kuni. Verxniy Garronda may oyining 1- dam olish kuni juma kuni nishonlanadi. Bunda kamonchilar 45 km li xodaga qadalgan to’tiqush tulumiga kamondan o’q uzishadi. 4 – may Yaponiyada o’simliklar kuni. Bu bayramga imperator So’va asos solgan. Bayramda o’simliklar va ko’chatlar ekiladi. 9- may Kanadada lolalar festivali kuni. 10- may Butunjahon ko’chib yuruvchi qushlar kuni. 1906 yilda qushlarni muhofaza qilish Xalqaro konvensiyasi bu kunga asos solgan. Qushlar turini va yashash joyini saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan. 15 – may –Gollandiyada qora lolalar kuni. 23- may Butun jahon  toshbaqalar kuni. Bayram toshbaqalarni yo’qolib borayotgan turlarini saqlab qolishga qaratilgan. 25- may Bolgariyada atirgullar festivali o’tkaziladi.

YOZ

Yozning birinchi oyiga yetib keldik. 5- iyun Butundunyo atrof- muhitni himoya qilish kuni. 8 –  iyun butunjahon okeanlar kuni.Okean jonzotlarini himoya qilishga bag’ishlanadi. 21 – iyun Xalqaro krapiva (Gazandao’t) festivali kuni. Krapivna qishlog’ida festival 2002 yildan buyon nishonlanib kelinadi. Yilning eng uzun kunida eng uzun bo’yinli hayvon kuni nishonlanadi. Bu kun Xalqaro Jirafalarni saqlash fondi (G.C.F) tomonidan tashkil etilgan. Qaynoqqina iyul oyimizda qanday bayramlar borligiga qiziqyapsizmi? Unda davom etamiz. 10-iyul. Bu kunda Amerikada olcha danagini uzoqqa tuflash chempionati o’tkazilgan kun. Mazza qilib kulyapsizmi? Siz xato o’qimadingiz. AQShning Michigan shtatida 37 yil davomida bu chempionat o’tkaziladi. 1974 yil Trel-Mendus Fruit kompaniyasi o’z mahsulotiga bo’lgan talabni oshirish uchun bu noodatiy bayramni o’ylab topgan. 2003 yilda Brayen Krauz 280 metrli rekord qo’ygan. 16- iyul Odessada qovun bayrami nishonlanadi. Bayramda turli xildagi qovun navlari namoyish etiladi. 29- iyul Xalqaro yo’lbarslar kuni. Yovvoyi tabiatda 5000 dan ortiq yo’lbars saqlanib qolgan, lekin ular soni kamayib bormoqda. Ularni ko’paytirish va turini saqlab qolish maqsadida bu sana nishonlanadi. Avgust bayramlarini kuzatamiz. 8- avgust Xalqaro mushuklar kuni.  10- avgust Turkmanistonda qovun kuni. Bu kun turli xildagi qovunlar sotiladi. 16- avgust Xalqaro uysiz hayvonlar kuni. Ushbu kun 1992 yil “Xalqaro hayvonlar huquqini himoya qilish” qo’mitasi tomonidan tashkil etilgan. Uysiz hayvonlar uchun dunyoda birinchi boshpana Yaponiyada 1695 yilda ochilgan. Avstriyada kuchuklarni dum va quloqlarini kesish man etilgan. Bizdachi? Kuchuklarni quloq va dumini kesib, “Vachaaaaach!” Kuchuklarni “Iti” bo’lding iti!- deb qo’yishadi. 19- avgust Slovakiyada olma kuni. Shu kunga qadar olmali daraxtlarni kesish man qilinadi. Bu esa olmaga bo’lgan hurmat belgisidir. 20 – avgust butunjahon chivinlar kuni. Bu kun 1930 – yildan boshlab nishonlanadi. Ser Ronalda Rossa tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu kun chivinlar orqali yuqadigan kasalliklar va ularga qarshi kurashni targ’ib etishdan iborat. 29- avgust xalqaro pomidorlar kuni. Ispancha La Tomatina deb nomlangan bayram Ispaniyaning Bun’ol shahrida o’tkaziladi. 1959- yilda rasmiy bayram deb e’lon qilinadi. Yozni kuzatishga bag’ishlangan festival “Pomidorlar jangi” deyiladi. Ushbu kunda hamma bir –biriga pomidorlarni otadi. Festival oxiri pomidor sharbatiga to’ldirilgan basseynda cho’milish bilan tugaydi. Festival maxsus signal bilan boshlanib, signal bilan tugatiladi.

KUZ

Sentyabr qanday kunlarga boyligini ko’ramiz. 5- sentyabr choy va kofelar kuni. 6- sentyabr Gollandiyada gullar bayrami kuni. Gollandiyaning Alsmeyer shaxrida xrizantema, liliya, freziya, atirgul va lola namoyishi bo’ladi. Bayramda mln dan ortiq gullardan gullar dengizi yaratiladi, 20 dan ortiq qo’zg’aluvchi kemalar, 30 dan ortiq mashinalar yasaladi. 11- sentyabr xalqaro yovvoyi tabiatni himoya qilish kuni. WWF jamg’armasi tabiatni asrash bo’yicha 28 ta milliy tashkilot va 5 mln oddiy aholini birlashtirgan. 1961- yilda bu tashkilot tashkil etilgan. 14- sentyabr Xalqaro turnalar kuni. Turnalrni asrash va ko’chib o’tish joylarini aniqlash maqsadida bu kun tashkil etilgan. 22- sentyabr Butunjahon fillarni himoya qilish kuni. Bu kun fil suyagi uchun brokon’erlar tomonidan qirib yuborilayotgan fillarni asrab qolish maqsadida tashkil etilgan. 25- sentyabr Vladivostokda yo’lbarslar kuni. Ushbu kunnig maqsadi- Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan amur yo’lbarsini saqlab qolish. Bayram kuni aholi yo’l- yo’l kiyimlar kiyadi va uy hayvonlariga ham yo’lbars kiyimini kiydiradi. 30 – sentyabr Avstriyada qovoqlar bayrami. Bu kuni qovoqdan yasalgan eksponatlar, taomlar namoyish etiladi. Asosiy voqealardan biri qovoq poygasidir. Buning uchun eng yirik qovoq ichi o’yiladi va qovoqli kemacha hosil qilinadi. Keyin suvda poyga o’tkaziladi. Oktyabrni oyini qarshi oling. 4- oktyabr Butunjahon hayvonot olamini himoya qilish kuni. 1931 – yilda bu kunga asos solingan. 4- oktyabr  yana xalqaro qushlarni kuzatish kuni. Bayram kuni odamlar qushlarni kuzatish maqsadida ularni uchratish mumkin bo’lgan barcha joylarga boradilar. Bu ekologik aksiya dam olishning yangi turidir. Ekologik aksiya 1993 – yil xalqaro qushlarni muhofaza qilish assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil qilingan. Tadbir tashkilotchilarining maqsadi 2 ta: 1-insonlarni e’tiborini qushlar olami va ularning yashash joylarini yashash joylarini saqlab qolishga qaratilgan. 2-qush turlarining soni va ularning uchib o’tgan yo’lini aniqlash haqidagi yangi ma’lumotlarni olish. 11- oktyabr Italiyada o’rdaklar festivali kuni. 1982- yilda tashkil etilgan bu bayramda o’rdaklar marafoni uyushtiriladi. To’rtta shahardan kelgan marafonchi o’rdaklarning xohlagan bittasiga pul tikishingiz mumkin. 21- oktyabr olmalar kuni Angliyada nishonlanadi, olma bilan bog’liq turli ko’ngilochar o’yinlar qilinadi. Ushbu sana 1990- yildan nishonlanib kelinadi. 23 – oktyabr butunjahon ilvirs (tog’ qoploni) kuni. 2013-yilda Bishkekda Butunjahon ilvirslarni himoya qilish kuni deb e’lon qilindi. Ushbu kun ularni ko’paytirish va turini saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan. 25 – oktyabr Italiyada pomidor qiyomi kuni. Bu kun bayram sifatida butunjahon kongress yig’ilishida Rimda 1995 yil belgilangan. Bayramda pomidor qiyomini  ishlatish borasida oshpazlar mahorati namoyish qilinadi. Noyabrga yetib keldik. 9 – noyabr Ispaniyada zaytun festivali kuni. Andaluziyadagi Baena shahrida o’tkaziladigan festival zaytun hosilini yig’ib olishga bag’ishlanadi. Baena Ispaniyaning “Zaytunlar poytaxti” deb ataladi. Dunyo bo’yicha zaytun ishlab chiqarishning 45% Ispaniyaga to’g’ri keladi. 12- noyabr Rossiyada  chittaklar kuni nishonlanadi. Ular o’rmon va istirohat bog’larini hasharotlardan tozalaganligi uchun bayramda ularga in quriladi. 17-noyabr Italiyada qora mushuklarni himoya qilish kuni.Bizda uni o’lgudek yomon ko’rishadi. 24 – noyabr Rossiyada morjlarni himoya qilish kuni nishonlanadi. Bayramning maqsadi tinch okeani morjlari muammosiga jamoatchilik diqqatini jalb qilishdir. 30 – noyabr butundunyo uy hayvonlari kuni. O’sha kuni uy hayvonlarimizga ziyofat uyushtirsak bo’larkan.

Yana QISH

Yilning oxirgi oyi dekabrni ko’rib chiqamiz. 15 – dekabr xalqaro choy kuni.23-dekabr meksikada rediska kuni. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, bizning jannatmakon yurtimizda har bir meva sabzavotga, o’simliklar dunyosiga, hayvonot dunyosiga bag’ishlangan kun belgilasak 366 kun bayram qilsak kerak. Keling, hayvonot, nabotot olamini ko’z qorachig’imizdek asraylik. Zero, tabiat bizga qaysidir davlatlar bayram qilib nishonlaydigan ne’matlarni eng sarasini in’om etgan.

Izohlar

  1. Temurmalik
    Temurmalik 13 Yanvar, 2019, 17:09

    Макола ажойиб ва жуда кизикарли ! 5 бахо

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.