Charlz Darvin haqida siz bilmaydigan 10 ta fakt

Charlz Darvin haqida siz bilmaydigan 10 ta fakt
Erasmus Darvin – Charlz Darvinning ota tomondan bobosi

1️⃣ Charlz Darvin tog’avachchasi Emma Vedjvudga uylanadi va ular 10 nafar farzand ko’radilar. Ularning 3 tasi yoshligida vafot etadi. Darvin aksariyat tajribalarini aynan farzandlari bilan birgalikda amalga oshiradi. Farzandlarining deyarli barchasi ilm-fanning yetuk olimlari bo’lib yetishadi.

2️⃣ Buyuk ingliz olimi, botanika, zoonomiya, tibbiyot, falsafa, she’riyat bilan shug’ullangan, qullikka qarshi bo’lgan va ayollarning bilim olishini har tomonlama yoqlagan Erasmus Darvin qahramonimiz Charlz Darvinning ota tomonidan bobosi bo’ladi. U Darvin tug’ilishidan 7 yil avval vafot etgan.
3️⃣ Kembrijda o’qish vaqtida uni amakivachchasi Uilyam Foks entomologiya olami bilan tanishtiradi va shundan so’ng Charlz Darvin qo’ng’izlar kolleksiya yig’ishga shu darajada berilib ketadiki, uning do’stlari “qo’ng’izga minib olib hasharot ovlayotgan Darvin” rasmini karikatura qilib chizishadi.

Charlz Darvinning qo’ng’iz ustida o’tirib qo’ng’iz ovlashi tasvirlangan karikaturasi

4️⃣ Darvin irsiyat haqida fikr yuritar ekan ota-ona organizm kelgusi avlodga o’zidagi barcha xususiyatlarni butun tanadan yig’iladigan gemullalar yig’indisi shaklida beradi degan fikrni ilgari suradi va uni pangenezis nazariyasi deb ataydi. Lekin ushbu nazariyaning xato ekanligini keyinchalik A.Veysman tajriba orqali isbotlab beradi.

5️⃣ Darvin o’z davrida hasharotxo’r o’simliklar haqida uzoq va atroflicha izlanishlar olib boradi, tajribalar o’tkazadi. Hattoki Ch.Layelga yozgan xatida “… hozirgi vaqtda Drosera meni turlarning kelib chiqishi mavzusidan ham ko’proq qiziqtirmoqda ” deb yozadi. Uning ilmiy kuzatishlarini vafotidan keyin o’g’li 1888 yilda qo’shimcha ma’lumotlar bilan to’ldirgan holda ” Hasharotxo’r o’simliklar ” nomi bilan chop etadi.

6️⃣ U turlarning kelib chiqishi to’g’risidagi nazariyasini uyining orqasidagi bog’dagi uzun yo’lak bo’ylab sayr qilib kashf etadi. Ushbu yo’lak hozirda “Thinking Path” nomi bilan mashhur va uni sayyohlar tez-tez ziyorat qilib turadilar.

Charlz Darvinning sevimli yo’lagi

7️⃣ Darvin zamondoshlari bo’lishi mumkin emas yoki ahmoqona deb hisoblagan masalalarda tajriba o’tkazishni yoqtirgan, u o’z kundaligida “Men ahmoqona tajribalarni sevaman. Men doim ularni amalga oshiraveraman” deb yozadi.
8️⃣Darvin zamondoshlari orasida ilk marotaba okeanlardagi orollarga qanday qilib qit’alarda o’sadigan o’simliklarning urug’lari borib qolishini ilmiy asosda tushintirib bera olgan. O’simlik urug’lari dengiz suvida nobud bo’lmasligini tajribada ko’rsatib bera olgan.
9️⃣ Evolutsiya atamasi Darvin vafot etgandan ancha keyin fanga qo’llanila boshlangan. Darvin o’z kitoblarida evolutsion jarayonni transmutatsiya (transmutation) deb yozadi.
🔟 Darvin Vesministr abbatligidagi qabristonga Isaak Nyuton qabri oldiga dafn qilingan.

Darvinning qabr toshi
Bo'limlar: Biolog olimlar
Atamalar: Charls Darvin

Muallif haqida

Izohlar

  1. Nematjon
    Nematjon 12 Fevral, 2021, 16:05
  2. Kluger Nematov
    Kluger Nematov 12 Fevral, 2021, 18:14

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.