Ekologiya va hayot

Matluba Ro’zimova
Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani
1-maktab biologiya fani o’qituvchisi

Bu dunyo murakkab va sirli tuzilgan, mana shu dunyoda yashash esa undanda murakkab. Olamdagi har bir tirik jon, tirik organizmlar  hayotining  tashqi muhit bilan bog’liqligi qadimdan ma’lum albatta. Antik davrni o’zidayoq ko’plab faylasuflar o’z asarlarida o’simliklar, hayvonlar va boshqa tirik jonzotlar yashashi, hayot tarsi, tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog’liqiligi haqida ma’lumotlar keltirib o’tganlar. Insonlar  tabiat bilan uyg’un holda yashagani tufayli, tabiatni o’rganish ularni tabiiy ehtiyojiga aylangan. Bu ehtiyoj tufayli insonlar atrof muhit, o’simliklar va hayvonot olami, tabiatda sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlarni sirli tomonlarini o’rgana boshlagan. Inson ongi, mantiqiy fikr yuritish qobilyati va tafakkuri rivojlangani sari, tabiatdagi hayotning mohiyatini anglab yetish imkoniyati yuzaga kela boshladi.

“Ekologiya’’ terminini fanga kiritishga bo’lgan ilk qadam Nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan qo’yildi. E.Gekkel bu ishni 1866 – yilda bajargan bo’lib, u bu atama haqida shunday fikrlar aytib o’tgan: “Ekologiya ayrim individlarning rivojlanishi, ko’payishi, yashashi, populatsiyasi va jamolarning tarkibi hamda o’zgarishlarini yashash muhitiga bog’liq holda o’rganadi”. Ekologiya  o’zi nima u yunoncha “Oikos” – uy, boshpana, “logos”-fan, ta’limot, degan ma’nolarni anglatadi. Ekologiya biologik tizimlar turiga qarab quyidagi bo’limlarga ajratiladi: autekologiya (faktorial ekologiya), demekologiya (populyatsiyalar ekologiyasi), sinekologiya (jamoalar ekologiyasi), biogeotsenologiya (ekotizimlar ekologiyasi), global ekologiya (biosfera ekologiyasi), evolyutsion ekologiya va tarixiy ekologiya. Avvallari biron bir insondan ekologiya haqida so’rasangiz u qisqacha “Atrof – muhit bilan bog’liqlik” deya javob berardi. Bazi insonlar esa mana shu atama haqida esa deyarli ma’lumotga ham ega emas bo’lib chiqardi.

XX asrning 70-yillariga kelib fikrlar o’zgara boshladi. Hozirgi kunga kelib kimdan so’ramang birinchi bo’lib hayoliga kelgan narsa bu ekologik muammolardir. Buni sababi insoniyatni tabiatga aralashuvi me’yoridan oshib ketganligidadir. Bu dunyoda har bir bitta narsani me’yori yaxshi. Bunga amal qilish zarurligi deyarli barchani  qiziqtirishi kerak. Hattoki inson uchun zarur bo’lgan kislarodning ham me’yori yaxshi, chunki u kamayib ketsa atmosferada gazlar miqdori oshib ketishiga olib keladi. Agarda kislorod miqdori oshib ketsa yer sirtidagi harorat maksimal darajaga ko’tariladi, sodda qilib aytganda yer mikroto’lqinli pechga aylanadi, odamlar esa uning ichida qovurilayotgan bodirog’larga. Bu esa yakun odamzod uchun intiho. Bu bir misol bunday misollardan ko’plab keltirish mumkin.  Ekologiya muammosi hozirgi kunda global muammoga aylanib ulgurganligiga ko’p bo’ldi. Global isish, Antarktida muzlarini erishi buning oqibatida suv toshqinlarini ko’payishi, azon qatlamini yemirilishi, ko’plab yong’inlar, ichimlik suv zaxirasini tugab borishi v-h., bu shunchaki uchdan biri holos. Bu muammolar insoniyatga tobora ko’proq havf sola boshladi. Buning yechimlarini esa hali hamon kutmoqdamiz. Biz bunga shunchaki ko’z yuma olmaymiz. Albatta ko’plab olimlar bu muammolarni hal etishga urinmoqda, ba’zilarini deyarli hal etishga ham erishishdi. Ammo bu yetarli emas. bu shunchaki muammoni vaqtinchalik muzlatib qo’yishdek gap. Hammasini o’z holiga qaytarish uchun insoniyat o’z taraqqiyotidan voz kechishi kerak.  Bir qarashda bu ilojsizdek ko’rinadi, biroq hammasini o’z holiga qaytarishning iloji bor va buni qilsa bo’ladi. Tabiatni asrash har birimizni burchimizdir . Insonlarni lol qoldiradigan uni qalbini tub-tubidan o’rin egallagan go’zallik ham tabiat mo’jizasidir. Odamlarni chinakamiga hayratga sola oladigan va tuyg’ularini jo’shqinlantiradigan mana shu tuyg’ularni kuchaytiradigan ham tabiatdir. Insoniyat tabiat oldida ojizligini barcha anglab yetgan bo’lsa kerak. Garchi vaqt kutib turmasa-da  hammasini tog’rilash uchun insoniyat ixtiyorida yetarlicha vaqt bor deb hisoblayman.

Izohlar

  1. barno
    barno 5 Yanvar, 2019, 15:41

    Assalomu alaykum
    menga barcha maqolalar juda ma’qul
    ulardan faqat o’rgandim

  2. Odiliy AHMAD
    Odiliy AHMAD 5 Yanvar, 2019, 20:07

    Assalomu Aleykum. Maqola menga juda manzur bŏldi. Oddiy va xalqona yozilgan. Omad!

  3. Oyxon
    Oyxon 5 Yanvar, 2019, 21:11

    Xa, ehtiyotkorlik va meyorni unutmaslik kerak. Qoyil. Ona tabiat ustozimiz. Bizni ogohlantirmoqda.

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.