Jirafalar haqida 15 ajoyib fakt

Jirafalar haqida 15 ajoyib fakt

1. 2016 yilda nashr etilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko’ra jirafa bu tur emas, aksincha 4 ta turni o’z ichiga oladigan kenja oila ekan.
2. Ilgari jirafalarni Afrikaning shimoliy va g’arbiy qismida, Sahroi Kabir va Nil bo’ylarida uchratish mumkin edi. Hozir ular faqatgina janubiy Afrikada uchraydi, xolos.
3. Juda baland bo’yli bo’lishlariga qaramay ularning bo’yin umurtqasi barcha sutemizuvchilarniki kabi 7 ta.
4. Urg’ochisining bo’yi 5.17 m gacha, erkaginiki 5.88 m gacha boradi.
5. Jirafalarning og’irligi o’rtacha 828 – 1930 kg ni tashkil etadi.
6. Jirafaning bo’yni yerga yetish uchun kaltalik qiladi. Natijada, u suvni ichish uchun old oyoqlarini noqulay ravishda yoyishi yoki bukishi kerak bo’ladi.
7. Urg’ochi va erkak jirafalarning ikkisida ham tug’ilganida shoxlar bo’ladi. Faqatgina ular tug’ilishda jarohat olmasligi uchun bosh chanog’i bilan birikmagan bo’ladi. Shoxlar hayoti davomida bosh suyagiga birikadi.
8. Homiladorlik davri 457 kun, taxminan 15 oy davom etadi. Urg’ochilari faqat bitta bola tug’adi.
9. Odatda 50% jirafalar bir yoshga yetmay nobud bo’ladi.
10. Odamning barmoq izlari kabi jirafalarning tanasidagi dog’lar ham o’ziga xos va takrorlanmasdir.
11. Jirafalar nafas tizimining o’ziga xos tuzilishi uning miyasidagi harorat boshqa organlariga nisbatan 3 ℃ ga past bo’lish imkonini beradi.
12. Jirafa suv ichish uchun egilganida boshidagi qon bosimi keskin o’zgarib ketmasligi uchun uning qon tomirlarida qon oqimini nazorat qiladigan maxsus elastik devorlar mavjud. NASA tashkiloti astronavtlarning kiyimini yaratishda aynan jirafalar oyoqlaridagi qon tomir tizimi o’rgangan.
13. Jirafalarning havorang-siyohrang tilining uzunligi 45-50 sm ga yetadi.
14. Jirafalarning yuragi 11 kg keladi va bu quruqlikdagi hayvonlar ichida eng yirik ko’rsatkich. U o’zidan bir daqiqa davomida 60 litr qonni haydaydi.
15. 2016 yilgi ma’lumotga ko’ra yovvoyi tabiatda 97 500 dona, tutqunlikda 1 144 dona jirafa borligi aniqlangan.

Bo'limlar: Zoologiya
Atamalar: jirafa

Muallif haqida

Izoh yozish

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.