Merkel hujayralari

Merkel hujayralari

O’tgan galgi teri haqidagi maqolalarimizning birida epidermis qavatida Merkel hujayralari deb ataladigan hujayralar mavjudligi haqida aytgan edik. Ushbu maqolamizda ana o’sha hujayralar haqida batafsil to’xtalib o’tamiz.

Merkel hujayralari umurtqali hayvonlar terisida uchraydigan oval shaklidagi mexanoretseptor hujayrasi bo’lib, u turi yuzasidagi teginishni his qilish vazifasini bajaradi. Bu hujayralarni ilk marotaba 1875 yilda nemis gistologi Fridrix Zigmund Merkel kashf etgan. Bunday hujayralar ayniqsa barmoqda uchlarida nihoyatda ko’p bo’lib, ular sezuvchi nerv hujayralarining aksonlari bilan sinapslar hosil qiladi. O’zining noodatiy xususiyatlariga qaramasdan ushbu hujayralar juda osonlik bilan tuzatish qiyin bo’lgan teri saraton hujayralariga aylanishi mumkin. Dastlab ushbu hujayralarni nerv uchlaridan hosil bo’lgan hujayra deb hisoblanar edi, lekin sutemizuvchi hayvonlarda o’tkazilgan so’nggi eksperimental tadqiqotlar ularning aynan epitelial kelib chiqishga ega hujayra ekanligini ko’rsatdi.

Tuzilishi

Merkel hujayralari umurtqali hayvonlar terisi epidermis qismining deyarli barcha qismida uchraydi. Sutemizuvchilar terisida ular yaqqol ko’zga tashlanadigan diametri 10 mkm bo’lgan hujayralar bo’lib, epidermisning bazal membranada joylashgan. Ular hatto oyoqning tovon qismidagi epimermis qavatida ham uchraydi. Kaft terisida Merkel hujayralarinign soni 1 mm^2 sohasida 200-400 tani tashkil etadi, terining boshqa asosiy qismida esa ular o’rtacha 1 mm^2 sohada 20 ta atrofida bo’ladi. Ular odatda nerv uchlari bilan birikib Merkel diskini hosil qiladi. Ular SA1 kabi sekin adaptatsiya qiluvchi somatosensor nerv tolalari bilan birikadi. Ular juda ham past tebranishlar (5-15 gerts) va shakllar hamda qirralar kabi chuqur statik teginishlarga javob beradi. Ularning ta’sirni qabul qiluvchi maydoni juda kichik bo’lishiga qaramasdan barmoq uchlari kabi sohalarda asosiy funksiyani barajadi va uzoq vaqt davomida ta’sirni qabul qila oladi.

Paydo bo’lishi

Merkel hujayralarining kelib chiqishi borasida so’nggi 20 yildan beri olimlar orasida bahslar to’xtamaydi. Qushlar teridagi o’tkazilgan tadqiqotlarda ular nerv uchlaridan, sutemizuvchilarda esa epitelial kelib chiqishga ega ekanligi ma’lum bo’lgan.

Funksiyasi

F.Z.Merkel ushbu hujayralarni ochgan vaqtda ularni “sezuvchi hujayralar” qatoriga qo’shgan edi, lekin uning bu taklifini amalda isbotlash mushkul bo’lgan. Yaqinda geni nakaut qilingan sichqonlarda o’tkazilgan tajribalardan ma’lum bo’lishicha Merkel hujayralari teri yuzasidagi his qilishda muhim rol o’ynaydi.

Bundan tashqari Merkel hujayralarida maxsus granulalar va neyropeptidlar mavjudligi uchun neyroendokrin xususiyatga ham ega deb hisoblanadi. Shu bilan birga Merkel hujayralari keratinotsit hujayralari apoptozi nazoratida ham ishtirok etadi.

Bo'limlar: Anatomiya

Muallif haqida

Izoh yozish

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.