Neyroo’zgaruvchanlik va qanday qilib shikastlangan neyron yo’llarini tiklash? Til orqali ko’rish-BrainPort texnologiyasi

Mohinur Akrambekova
Farg’ona davlat universiteti
biologiya o’qitish metodikasi 1-bosqich talabasi

Biz hammamiz oylamizki, yetuklik paytidan boshlab bizning miyamiz o’zgarmaydi. Ba’zi bir olimlar ham yoshlik davri o’tgach miya ozgarmaydi degan fikrga kelgandilar. Ammo so’ngi 10 yil ichida olib borilgan yangi kashfiyotlar, bu fikrni to’g’ri deb tasdiqlamaydi. Sizlarda savol tug’ilishi mumkin: qanday qilib miya o’zgarishi mumkin agar ancha ulg’aygan bo’lsak? Bu savolga neyroplastiklik nazariyasida javob topishingiz mumkin. Keling neyroplastiklik (yoki miya plastinkasi) haqida ozgina ma’lumot bilan tanishib chiqsak.

 Neyroplastiklik-bu hayot davomida miya ozgarishi qobiliyatidir. Shuning uchun tashqi muhit va ichki ta’sirlarning ta’siri ostida jismoniy va funktsional o’zgarishlar bo’lishi mumkin, shuningdek, yangi ko’nikmalarga ega bo’lish, bilim va yomon odatlardan xalos bo’lishga yordam beradi. Neyroplastiklik yordami bilan biz nafaqat ko’rish qobilayitimizni, balki ba’zi bir kasalliklarni tuzatishimiz ham mumkin. Masalan: Parkinson kasalligi, balansni yo’qotish, skleroz va miyaning kuchli shikastlanishi kabi kasalliklar. Agar biz shunday o’zgarishlar qila olsak demak miyamiz plastiklik hususiyatini hali yo’qotgani yoq. Va biz fikrlashning yangi usullarini organishimiz va ularni jamlashimiz mumkin.

Bizning miyamiz esa, o’z navbatida, katta labirintlarlar va yo’laklardan tashkil topgan, ba’zi yo’llar bizga yaxshi ma’lum va biz ulardan osonlikcha harakatlana olamiz, chunki bu bizning odatlarimizdir, agar biz shunday oson yo’llarda yurishda davom etsak, biz miyamizni rivojlantira olmaymiz. Bir xil yo’llar bilan yurish uchun ishlatilsa, boshqa yo’llarni ko’rishni to’xtatamiz, va burilishlarni ko’ra olmaymiz, agar bizning yagona yo’limizni to’siq bilan berkitib qoyilsa va biz yo’limizda davom eta olmaymiz, masalan, ko’rish qobilyatini yo’qotish. Neyroplastiklik xuddi shu nuqtaga o’tish uchun yangi yo’llarni topish bilan shug’ullanadi. Ammo oldingi yillarda neyroplastiklik hozirgi kabi rivojlanmagan edi. Hozirda sog’lig’ingizni tiklashingiz mumkin bo’lgan qurilmalar mavjud, masalan “Brainport”moslamasi(miya rozetkasi deb ham tarjima qilinadi). Bu moslama bilan ko’zi ojiz odamlar til orqali ko’rishi mumkin, fantastikaga o’xshab tuyilishi mumkin, lekin bu real hayotda. Ushbu g’oya asoschisi amerikalik neyrofiziolog Pol Bach-U-Rita va Viskonsin universiteti professori (AQSH) hayhayot miya plastinkasini o’rganishga bag’ishladi . Yuriy Danilov bilan hamkorlikda (inson hissiy tizimlari mutaxassisi) hamkorlikda BrainPort moslamasini yaratishdi. Afsuski, Bach-U-Rita vafot etdi va Danilov ishini davom ettirdi, keyin uning o’zi qanday qilib bunday bo’lishi mumkinligi haqida juda ko’p oylana boshladi va bu qurilmada bir nechta eksperimentlar o’tkazdi va javob topdi . . . Uning tajribalaridan biri, muvozanatni saqlash qiyin bolgan bemorda kuzatildi. Bemor bir yo’lakda yura boshlaydi va muvozanatni yo’qotgani sababli balansni tuta olmaydi, u ehtiyotkorlik bilan kichik bir novda ustida yurganday qadam tashlaydi va faqat oldinga yordamchi tomoniga harakatlanadi, yordamchi yonidaligi uchun yiqilib tushmaydi. Boshlang’ich vazifalar – yurish vaqtida o’ngga va chapga qarash, aylanish, to’sqinliklardan otish kabi fazifalar – bemorga juda qiyinchilik tug’dirdi, besh yil oldin u baxtsiz hodisa tufayli shu kasallikka duchor bolgan. Oyoqlari sog’lom, ammo miya azob chekib, oyoqlari harakatni nazorat qila olmaydi. Natijada, nogironlik, jiddiy nutq buzuklikları va jiddiy depresyon holatga tushib qoldi. Shifokorlar tuzatish chorasini topa olmagach qayta yashashni o’rganishini taklif qilishdi. Shunday qilib, klinikalarda muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so’ng u Viskonsin shtatining (AQSh) reabilitatsiyasi laboratoriyasiga kelgan. Birinchi sinovdan so’ng besh kun o’tgach. Xuddi shu ayol yo’lak bo’ylab ishonchli yurib, osongina pastga tushib va zinadan tushib chiqay boshladi. Shundan buyon o’tgan besh kun davomida bemor mo’jizaviy dori-darmonlarni olmadi va jarrohlar yordamisiz ham sog’ayib ketti. Bularning barchasi laboratoriyada yaratilgan elektr moslamasi bilan qisqa darslar bo’ldi. 2015 yilda Everest tog’ini zab etgan dunyodagi yagona ko’r odam Erik Vayshenmeyerham bu qurilmani 2001 yilda o’zida sinab ko’rgan.

Bu moslama qanday ishlaydi?

Plastina tilga qo’yiladi va qattiq tishlanadi, moslama bilan har qanday harakat qilsangiz bo’ladi, shu vaqt davomida til yengil elektrik impulsini qabul qiladi. Plastina o’tkaziyotgan to’lqinlar unchalik og’ritmaydi bu huddi gazlik suvni ichayotganinggizdagi pufakchalarga o’hshaydi.

Til miyaga sezganlarini uzatadi va shu orqali ongimizda bizni o’rab olgan buyumlar paydo bo’ladi. Bu moslama bilan inson mustaqil yura oladi, hatto televizor ham ko’rishi mumkin. Bundan hulosa qilishimiz mumkinki agar insonda hoxish bo’lsa u barcha hayot to’siqliklarini yengib o’tadi va hamma narsa qo’lidan keladi. Eng muhimi ortga chekinmaslik va doimo olg’a intilishdir.

Izoh yozish

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.