Odamning bosh miyasi

Odamning bosh miyasi

Bugun odamning markaziy asab tizimi haqida so’z yuritamiz. Bosh miya mana shu tizimning eng muhim qismi hisoblanadi. Bosh miya kalla qutisi ichida joylashgan bo’lib, o’sib borgan sari uning shakliga kiradi. Insonning bosh miya o’rtacha 100 mlrd neyrondan tashkil topgan bo’lib, u jigarda ishlab chiqarilib qon quyilgan glukozaning 50% ini “iste’mol” qiladi.

Bosh miyani tashkil etayotgan neyronlar o’zaro nerv impulslarini 270 km/soat tezlikda uzatadi. Neyronlarning soni ko’paymasligi haqida barchamiz o’qiganmiz, lekin neyronlar inson hayoti davomida o’sib turadi. Bitta neyron istalgan ensiklopediyadagi ma’lumotlardan ko’ra besh barobar ko’p ma’lumotni eslab qola oladi.

Miya hujayralari oksibiont hujayralar qatoriga kirib, ular qon aylanish tizimiga tushgan kislorodning 20% ini ishlatadi. Shu bilan birga miyaning 80% ini suv tashkil etadi, shu boisdan ham odam doimiy ravishda yetarli miqdorda suv ichib turishga ehtiyoj sezadi.

Bosh miya odam tana massasining o’rtacha 2% ini tashkil etadi. U o’rtacha 1000 – 2000 g oralig’ida bo’lishi mumkin. Darsliklarimizda odamning aqliy faoliyati uning miya massasiga bog’liq emas deb yozilishiga qaramasdan, ko’plab o’tkazilgan tadqiqotlarda miya massasi va aqliy qobiliyat, o’zlashtirish orasida ijobiy korelyatsiya mavjudligi aniqlangan.

Orqa miya massasi va bosh miya massasining nisbatiga ko’ra organizmlarning aqliy rivojlanishini baholash mumkin. Masalan, bu ko’rsatkich
– mushuklarda – 1 : 1
– itlarda – 1 : 3
– mayda primatlarda – 1 : 13
– odamda – 1 : 50

Bundan avval neyron, uning tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida ma’lumot bergan edik.

Bo'limlar: Anatomiya

Muallif haqida

Izoh yozish

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.