O’ta dominantlik

O’ta dominantlik

O’ta dominantlik bu geterozigota avlod fenotipik belgilarining gomozigota ota-ona fenotipik belgilari chegarasidan tashqarida bo’lishini yuzaga keltiruvchi genetik holatdir. Sodda qilib tushuntirganda geterozigotali organizm ushbu genning gomozigota dominant yoki retsessiv holatidan ko’ra yuqori nisbiy moslashuvchanlikka egaligidir. Ushbu genetik holatni “geterozigota afzalligi” degan atama bilan ham ifodalash mumkin. Bunday holatda genetozigotali avlod gomozigotali ota-ona organizmdan yashovchan, moslashuvchan bo’ladi.

Albatta, bunday holatda fenotipik belgi tashqi ko’rinishda farq qiluvchi xos xususiyatga ega bo’lmaydi, balki organizm ichidagi biokimyoviy o’ziga xoslik bilan farqlanadi.

O’ta dominantlikka bezgak bilan zararlanish ehtimoli yuqori bo’lgan hududlarda yashovchi odamlar populyatsiyasidagi o’roqsimon hujayrali anemiya gen alleli chastotasining yuqori bo’lishi misol bo’la oladi. Ushbu genning mutant alleli organizmni bezgakdan himoya qilish xususiyatiga ega. Anemiya bo’yicha sog’ allelga ega gomozigota odam bezgakka chalinadi va halok bo’ladi. Anemiya bo’yicha kasal allelga ega gomozigota odam esa anemiyacha chalinib halok bo’ladi. Ushbu gen bo’yicha geterozigotali organizm o’roqsimon hujayrali anemiya bilan og’rimaydi, shu bilan birga uning eritrotsitlari bezgak parazitiga qarshi himoyaga ega bo’ladi.

O’ta dominantlik holatini tushuntirish uchun populyatsion genetik Jon Gillespi modelidan foydalaniladi.

Bo'limlar: Genetika

Muallif haqida

Izohlar

  1. Rasul11 Nekkulov111
    Rasul11 Nekkulov111 28 Noyabr, 2022, 19:56

    Men Nekkulov Rasulman Xalqaro biologiya olimpiadasiga qatnashib 25talik jamoaga kirdim Genetika bõyicha masala chiqaring Xalqaro biologiya olimpiadasiga tushadigan savollarga o’xshash bõlsin shuning uchun xalqaroni masala yechimi kerak

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.