O’zbekistonning muhofaza qilinadigan hududlari va faunasi
Doston Odilov
Jizzax davlat pedagogika instituti
Biologiya o’qitish metodikasi yo’nalishi 4-bosqich talabasi
Insoniyat rivojlanishi bilan uning tabiatga bo`lgan munosabati ham o`zgarib bormoqda. Shuning uchun ham har bir davlat o`z mamlakatining tabiiy boyliklarini asrash maqsadida muhofaza qilinadigan hududlarini tashkil qilgan. Bu hududlarni esa Davlat qo`mitasining boshqarmalari boshqaradi.
Bugungi kungacha yer yuzida turli noyob hayvonlar insonning noto`g`ri munosabati va tazyiqi oqibatida butunlay yo`qolib ketgan va yo`qolish havfi ostida turibdi. Buning misoli sifatida XX asrgacha yo`q bo`lib ketgan tur, stellerov sigiri, qalin junli karkidon, xaltali bo`ri, sayyor kaptar, dronit, gigant dinoris kabi hayvonlarini misol qilib keltirish mumkin. [1,177b] Bu ko`rsatkich faqat yer yuzida emas, balki mamlakatimizda ham mavjud. Jumladan: turon yo`lbarsi, gepard, turkman quloni, Orol sulaymon balig`i kabi hayvonlar umuman yo`q bo`lib ketdi, qoplon, sirtlon, to`xta tuvaloqlar esa yo`q bo`lib ketish havfi ostidagi hayvonlardir. [2,8b] Ana shunday ayanchli oqibatlarning oldini olish va bioxilma-xillikni saqlab qolish uchun alohida muhofaza qilinadigan hududlar tashkil etilgan. Xususan, respublikamizda alohida muhofaza qilinadigan hududlarning quydagi asosiy guruhlari mavjud.
Bular quydagilar:
– Davlat qo`riqxonalari. Bugungi kunda «Alohida muhofaza qilinadigan hududlar» tizmida qo`riqxonalar markaziy o`rinni egallab, ularning umumiy maydoni 2164 kv.km.ni tashkil etadi. Davlat qo`riqxonalari qadimiy va eng kuchli tartibda muhofaza qilinadigan hududlardan bo`lib, doimiy harakatda bo`lgan muhofaza qilinadigan mintaqalarni nomoyon etadi. Bu hudud ayrim o`simlik va hayvon turlarini yoki ekotizmlarni himoya qilishga qaratigan. Ularda har qanday xo`jalik faoliyati man qilinadi (nazorat qilinadigan ilmiy tadqiqot ishlaridan tashqari). Respublikamizda qo`riqxonalar soni 9 ta bo`lib ular Zomin, Chotqol Surxon, Qizil-Qum, Baday-To`qay, Zarafshon, Nurota, Kitob, Hisor kabi davlat qo`riqxonalardir.
-Milliy bog`lar. Hududlarni muhofaza qilishning bu turi 1976-yilda Zomin va 1990-yilda Ugam-Chotqol milliy bog`larining tuzilishi tufayli joriy etilgan. Milliy bog`lar muhofaza qilinadigan hududning 30% ni tashkil etib, 6061 kv.km. maydonni egallaydi. Milliy bog`larning asosiy maqsadi bioxilma-xillikni saqlash, tabiatdan oqilona foydalanish (turizm, aholi dam olishi, qishloq xo`jaligi, o`rmon mahsulotlarini tayyorlash) hududni kuchli himoya qilishdir. Respublikamizda milliy bog`lar soni 2 ta ular yuqoridagilardir.
-Davlat buyurtmaxonalari. Doimiy bo`lmasdan, ayrim paytlarda mavsumli qo`riqlash tartibiga ega bo`lgan mintaqalarni o`z ichiga oladi. Davlat buyurtmaxonalari qisqa vaqt (5-10 yilga) tashkil qilinadi. Maydoni 12186,5 kv.km. bo`lib, bugungi kunda o`ndan ortiq davlat buyrtmaxonalari faoliyat yuritmoqda. Ularning vazifasi turli hayvonlarni yetkazib berish, ko`paytirish va himoya qilishdan iborat. Mamlakatimizda Qorako`l, Qamabcho`l, Sayg`oq, Sudoche, Qo`shrabod, Qoraqir, Sarmishsoy, Arnasoy, Dengizko`l, Muborak, Oqtov, Nurobod kabi davlat buyurtmaxonalari muhim ahamiyatga ega.
-Davlat tabiat yodgorliklari. Bu hududning maydoni juda kam bo`lib, umumiy muhofaza qilinadigan hududlarning 0,1%ini tashkil qilib, o`rtacha 35 kv.km. ni tashkil qiladi. Davlat tabiat yodgorliklari respublikamizda uchraydigan tabiiy obidalardan darak berib, ularni muhofaza qilish, zararlanishdan saqlash, ichki va tashqi turizmni rivojlanishi uchun xizmat qilishdan iborat. Bugungi kunda yurtimizda ko`plab tabiat yodgorliklari mavjud bo`lib Vardanzi, Yozyovon, Qirqqiz, Parpi ota, Peshag`orlar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, Jayron ekomarkazi va Chotqol biosfera rezervati ham mavjud.
Quydagi xarita orqali O`zbekistonning muhofaza qilinadigan hududlari va ayrim hayvonlari haqida ma`lumotlar keltirilgan:
Xarita uchun yechim:
a) muhofaza qilinadigan hududlar:
Qo`riqxonalar (TMQXI bo`yicha I daraja): 1. Zomin; 2. Chotqol; 3. Surxon; 4. Qizil-Qum; 5. Boday-To`qay; 6. Nurota; 8. Kitob; 9. Hisor.
Milliy bog`lar (TMQXI bo`yicha II/IV daraja): 10. Zomin; 11. Ugam-Chotqol.
Buyurtmaxonalar (TMQXI bo`yicha IV daraja): 12. Qorako`l; 13. Qarnabcho`l; 14. Sayg`oq; 15. Sudochi; 16. Qo`shrabod; 17. Qoraqir; 18. Arnasoy; 20. Dengizko`l.
Tabiat obidalari (TMQXI bo`yicha IV daraja): 21. Vardanzi; 22. Yozyovon.
Noyob hayvonlarnin ko`paytirish: 23. Jayron ekomarkazi; 24. qorako`l.
b) Muhofaza qilinadigan turlar:
Tuyoqli hayvonlar: 1-qizilqum yovvoyi qo`yi; 2-xongul; 3-jayron; 4-to`ng`iz; 5-bug`u; 6-sibr echkisi; 7-morxo`r;
Yirtqich hayvonlar: 8-qashqir, chiyabo`ri; 9-silovsin; 10-bo`rsiq; 11-oq tirnoqli ayiq; 12-O`rta Osiyo qunduzi; 13-oq sichqon; 14-savsar; 15-to`qay mushugi; 16-tulki; 17-olaqo`zan; 18-ilvirs;
Kemiruvchilar: 19-tolay tovushqoni; 20- qizil sug`ur; 21-ondatra; 22-ko`k sug`ur; 23-nozik barmoqli yumronqoziq; 24-relekt yumronqoziq;
Qushlar: 25itolg`i; 26-oq qo`ton; 27-oq boshli qumoy; 28-burgut; 29-boltayutar; 30-qoravoy; 31-tuvaloq, dudak; 32-kaklik; 33-cho`l burguti; 34-xo`jasavdogar; 35-kaljo`rchi; 36-jingalakdor birqozon; 37-himolay ulari; 38-qirg`ovul; 39-tasqara; 40-qora laylak; 41-qor tasqarasi.
Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki, mamlakatimizda olib borilayotgan bunday islohatlarga faqat mas`ul xodimlar emas, balki har bir fuqoro ham o`z hissasini qo`shishi shart. Jumladan, maktab o`quvchilari va o`qituvchilari tabiatni muhofaza qilish, shu bilan bir qatorda uning bir bo`lagi bo`lgan hayvonot olami borasidagi tadbir va ommaviy kechalarga befarq bo`lmasdan, ularda faol ishtirok etishi, turli ekoharakatlarda faol qatnashishlari lozim.
Foydalangan adabiyotlar:
1. Biologiya darslik (11-sinf) “sharq” nashryot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent-2018, 177-b
2. O`zbekiston Respublikasi «Qizil Kitobi» II-jild (hayvonot olami) »Chinor ENK». –Toshkent. 2009, 8-b
3. O`zbekiston Respublikasi biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiyasi va harakat rejasi Toshkent-1998, 54b.
Muallif haqida
O'xshash maqolalar
Izoh yozish
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.