Okean va dengizlarning suv yuzasidan uning tubiga yaqin qismiga bo’lgan hududi pelagik hudud deb ataladi. Barcha pelagik organzimlar – plankton, nekton va pleyston kabi guruhlarga bo’linadi. Yuqoridagi sxemada pelagik hududning qavatlar sxemasi ko’rsatilgan.
Epipelagial hudud – suv yuzasidan 200 metrgacha bo’lgan chuqurlikdagi quyosh nuri tushadigan fotosintez bo’ladigan hudud. Okeanning birlamchi mahsulotlari mana shu qatlamda hosil bo’ladi. Epipelagial hudud organizmlariga planktonlar, sargassumlar, meduzalar, baliqlar (tunets), ko’plab akula va delfinlar kiradi.
Mezopelagial hudud – 200-metrdan boshlab to 1000 metrgacha bo’lgan hudud. Mezopelagial hududda asosan geterotrof bakterial yashaydi. Ushbu hududda yashovchi organizmlarga qilichbaliq, kalmar, karakatitsalarni keltirish mumkin. Ularning aksariyati biolyuminissent (yoritish) xususiyatiga ega. Aksariyat mezoplagial organizmlar tunda oziqlanish uchun epipelagial qatlamga ko’tariladi.
Batipelagial hudud – 1000 metrdan 4000 metr chuqurlikkacha bo’lgan hudud. Bu hududda faqat biolyumnissent organizmlar va ayrim dengiz shaytonlari deb atalmish maxsus yoritkich organi bo’lgan baliqlar uchraydi. Ushbu hududda biror turdagi o’simliklar uchramaydi. “Dengiz qori” degan hodisa xuddi mana shu hududda sodir bo’ladi. Boshqa organizmlarda ushbu hududda yirik boshoyoqli molluskalar va ayrim kashalotlar uchraydi.
Abisopelagial – 4000 metrdan okean tubigacha bo’lgan hudud. Ushbu qatlamning mutloq zim-ziyo ekanligi, bosimni yuqoriligi va sovuq harorat organizmlar yashashiga monelik qiladi. Shunday bo’lsada ayrim kalmarlar, exinodermalar, savatchali dengiz yulduzlar, dengiz bodringlari, dengiz o’rgimchagi kabi hayvonlar uchraydi. Atrof zulmat bo’lganligi uchun bu yerda yashovchi organizmlarning ko’rish sistemasi mavjud emas.
Bundan avval ekologik tokchalar haqida ma’lumot berilgan edi.
Muallif haqida
Izoh yozish
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.