Qoidalar

Asosiy sahifa

Tanlovning maqsadi
Respublikamizdagi umumiy o’rta ta’lim maktabi, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining biologiya o’qituvchilari, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan biologiya, ekologiya, tibbiyot yo’nalishi talabalarining biologiya faniga bo’lgan ilmiy qiziqishlarini shakllantirish va rag’batlantirishdan iborat. Tanlov orqali biolog mutaxassislarimizning o’zaro fikr almashinuvini kengroq yo’lga qo’yish.

Tanlovda qanday qatnashiladi?
Tanlovda qatnashishni istagan har bir ishtirokchi talabgor biologiya fanining istalgan sohasidan erkin mavzuda o’zining ilmiy-ommabop maqola-blogposti orqali qatnashadi.

Tanlovni tashkil etish va o’tkazish

  1. Mazkur tanlov “ochiq tanlov” maqomida bo‘lib, unda Respublikamizdagi umumiy o’rta ta’lim maktabi, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining biologiya o’qituvchilari, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan biologiya, ekologiya, tibbiyot yo’nalishi talabalari qatnasha oladilar.
  2. Tanlov hujayra.uz tomonidan tashkil etiladi va o’tkaziladi. Hujayra.uz tanlovning hakamlar hay’ati tarkibini tuzadi. Hakamlar guruhi tarkibi e’lon qilinadi. 
  3. Tanlov faqat bir bosqichda 2018-yilning 15-dekabridan 2019-yilning 15-yanvarigacha o’tkaziladi.
  4. Tanlovda qatnashishni istagan talabgor-ishtirokchi tanlov arizasini to’ldiradi va o’zining maqolasi bilan birgalikda uni ko’rsatilgan manzilga yuboradi.
  5. Ariza va maqolalarni qabul qilish Toshkent vaqti bilan 2019-yil 15-yanvar soat 09:00 da tugaydi. Muddatidan kechikkan ariza va maqolalar tanlovga qabul qilinmaydi.
  6. Tanlov g’oliblarini hakamlar hay’ati tomonidan aniqlash – 2019-yilning 15-yanvaridan 19-yanvarigacha maqolalar ko’rib chiqiladi va baholanadi.
  7. Tanlov g’oliblari 2019-yilning 20-yanvar kuni e’lon qilinadi.
  8. Tanlovda ishtirok etish uchun topshirilgan maqolalarni faqat unga bevosita daxldor bo’lgan jismoniy shaxs taqdim etishi shart. Tanlovga taqdim etilgan arizani qaytarib olishga faqat maqolaning egasi haqli.
  9. Tanlovga taqdim etilgan arizalar hujayra.uz tashkiliy qo’mitasi tomonidan saralanadi va nomzodlarning ro’yxati shakllantiriladi. Qabul qilingan maqolalar hujayra.uz vebsaytida ochilgan maxsus sahifada hamda hujayra.uz ning telegram kanalida (@hujayrauz) chop qilib boriladi, hamda muddat tugagach (dedlayn), ularning umumiy ro‘yxatini hujayra.uz vebsaytida rasmiy blogda e’lon qilinadi.
  10. Tanlov o’tkazish jarayonida tanlov ishtirokchilariga unda qatnashish uchun kerak bo’ladigan barcha ma’lumotlar www.hujayra.uz vebsayti va uning telegramdagi kanaliga joylashtirib boriladi.

Tanlov o’tkazish joyi

1. Tanlov https://hujayra.uz/tanlov-uchun-maqolalar/ manzilida o’tkaziladi. Shuningdek, saytdagi tanlov bilan bog’liq barcha ma’lumot va e’lonlar uning telegram kanalida ham e’lon qilinadi.           

2. Tanlovda qatnashishni istagan talabgor-ishtirokchi http://t.me/hujayrauz manzilidan ariza matnining word nusxasini yuklab olib, uni to’ldirib, maqola bilan birgalikda (maqola alohida word faylda bo’lishi kerak) telegramdagi ushbu manzilga yuborishlari kerak bo’ladi.

3. Ariza topshirilgach, tanlov tashkilotchilari 24 soat ichida arizani hujayra.uz saytida va telegram kanalida chop etadi. Maqola chop etilganda arizachi bu haqda telegram orqali xabar oladi.

Tanlov ishtirokchilarini baholash va g’oliblarni aniqlash mezonlari

  1. Tanlovda ovoz berish ikki xil usulda olib boriladi: hujayra.uz jamoasidan tashkil topgan hakamlar hay’ati tomonidan yashirin ravishda, hamda mushtariylar tomonidan ochiq ravishda.
  2. Mushtariylarning ochiq ovoz berishlar telegramdagi @hujayrauz kanalida olib boriladi. Unda mushtariylar tanlov tashkilotchilari tomonidan e’lon qilingan ro‘yxatdagi maqolalarga 1 dan 5  gacha ball oralig’ida baho berishi mumkin. Ovoz berish muddati tugab bo‘lgach, ovoz natijalari e’lon qilinadi. Har bir o’quvchi bir maqola uchun faqat bir martagina ovoz berishi mumkin. 
  3. Tanlovning ushbu bosqichida ishtirokchilar o’z maqolalarini ijtimoiy tarmoqlarda bo’lishishi va unga ommaviy ovoz to’plash imkoniyatiga ega bo’lishadi.
  4. Hakamlar qabul qilingan maqolalarni anonim tarzda baholab chiqadi. So’ngra g’oliblar tashkilotchi tomonidan e’lon qilinadi.   
  5. Tanlovga tanlangan biologiyaning barcha sohasidan istalgan mavzuda yozilishi mumkin. Maqolaga umumiy holatda jami 100 ball qo’yiladi. Har bir maqola quyidagi mezonlar asosida baholanadi: (Quyida har bir mezon bo’yicha eng maksimal ball ko’rsatilgan).

– Mavzuning orginalligi, o’ziga xosligi – 15 ball.
– Ko’tarilgan mavzuning chiroyli yoritilganligi, fikrlarning o’zaro uzviy bog’langanligi va yaxlitligi – 15 ball.
– Maqolada ilmiylikka asoslangan holda ommaboplikka yondashilganligi – 15 ball.
– Tanlangan mavzu yuzasidan yetarlicha biologik misollar keltirilganligi – 15 ball.
– Imloviy xatolardan xoli ekanligi – 15 ball.
– Tanlangan maqola mavzusining biologiya fanidan darsjarayonidagi mavzularni o’qitishda qo’llanishi – 15 ball.
– Maqolaning o’qilish ko’rsatkichi – 5 ball. (saytda maqolaning o’qish soni hisoblanadi, har 100 marta o’qilishga 1 balldan beriladi)
– O’quvchilarning maqolani telegram kanalida baholashi – 5 ball. (bu o’quvchilar belgilagan umumiy baholashlarning o’rtachasidan keltirib chiqariladi).

Maqolalarga qo‘yilgan talablar

1. Maqolalar biologiyaning istalgan sohasi bo’yicha yozishi mumkin. Maqolalarning uzunligi o’rtacha 2-3 bet atrofida bo’lishi lozim.  Maqolada zarur holatda rasmlar qo’shish mumkin.

2. Tanlovga hali chop etilmagan, boshqa tanlovlarda ishtirok etmagan maqolalargina taqdim etilishi mumkin. Bitta ishtirokchi tomonidan tanlovga faqatgina bitta maqola taqdim etilishi mumkin.
3. Mavzuni yoritganda puxta izlanish, aniq ma’lumotlar berish va tahliliy fikrlash maqsadga muvofiq. Maqolalar o’ziga xosligi va fikrlarni ilmiy asosda sodda ko’rinishda talqin qilishi bilan ajralib turishi ma’qullanadi.

Taqiqlar

  1. Shaxsi noma’lum mualliflar tomonidan, shuningdek, xabar ko’rinishidagi maqolalar tanlovga qabul qilinmaydi.
  2. Maqolani yozishga plagiat, ko’chirmakashlikka yo’l qo’yilmaydi. Tarjima qilingan maqolalar ham tanlovga qo’yilmaydi. Maqolada ko’chirmakashlik yoki plagiat aniqlansa maqola avtomatik tarzda tanlovdan chetlashtiriladi.
  3. Shuningdek, milliy adovat, irqchilik, terrorizm, urush, zo‘ravonlik, diniy qarashlarni targ‘ibqiluvchi, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshiqaratilgan hamda o‘zgalarning sha’ni, va qadr-qimmatini kamsitish mazmunidagi maqolalar tanlovda ishtirok etishuchun qabul qilinmaydi.

Tanlov g’oliblarini taqdirlash

  1. Tanlovning yakuniy natijalariga ko’ra eng yuqori ballni qo’ga kiritgan 5 ta ishtirokchiga sovg’alar beriladi.

1-o’ringa mikroskop (o’qituvchilar orasidan)
1-o’ringa mikroskop (talabalar orasidan)
2-o’ringa “Maktabda biologiya” jurnaliga yillik obuna+ qo’l lupasi
3-o’ringa “Jajji akademik” jurnaliga yillik obuna + qo’l lupasi
4-o’ringa “Jajji akademik” jurnaliga yillik obuna

2. Tanlov g’oliblarining maqolalari “Maktabda biologiya” jurnalida chop etiladi.
3. Bundan tashqari, tanlov tashkilotchilari tanlovda qatnashgan maqolalar orasidan o’ziga xos noodatiy yondashuvga ega maqola mualliflarini ham taqdirlashlari mumkin.

Tanlov tashkilotchilari va ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari

Tanlovga topshirilgan barcha maqolalar hujayra.uz mulkiga aylanadi. Hujayra.uz ularni o’z saytida va boshqa sahifalarida chopetish va ijtimoiy tarmoqlarda bo’lishish huquqini saqlab qoladi. Shu bilan birga tanlov yakunida barcha maqolalar yaxlit to’plam holida (PDF shaklda) tanlov ishtirokchilariga tarqatiladi.

1. Hujayra.uz tanlov o’tkazish davomida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

 -Tanlovni o’tkazish to’g’risida qaror qabul qiladi va tanlov kunlarini belgilaydi;
– Tanlov to’g’risidagi Nizomni ishlab chiqadi va unga o’zgartirishlar kiritadi;
– Tanlov boshlanishi to’g’risida belgilangan muddatlarda Telegram kanalida va hujayra.uz sayti orqali rasmiye’lon beradi;
– Tanlovning o’tkazilish shartlari, tanlov o’tkazish qoidalari, muddati, baholash jarayoni va tanlov bosqichlarini belgilaydi va zarur hollarda ularga o’zgartirish kiritadi;
– Tanlov hakamlar hay’ati tarkibianiqlaydi va tasdiqlaydi;
– Tanlovga arizalar qabul qilishjarayonini tashkil etadi va arizalarni mazkur Nizomda ko’rsatilgan talablarasosida qabul qilinishini nazorat qiladi;
– Tanlov ishtirokchilariga zarurbo’lgan hollarda ular talabiga binoan maqola yozishda maslahatlar berishnitashkil etadi;
– Tanlov g’oliblarini va sovrindorlarini aniqlaydi va taqdirlash yo’llarini tashkil etadi;
– Tanlovning boshqa tashkiliy masalalarini hal etadi.

2. Hujayra.uz tanlov faoliyati davomida quyidagi huquqlarga ega:

– Tanlovga taqdim etilgan maqolalar mazkur Nizomda ko’rsatilgan talablarga javob bermasa, ularni qabul qilmaslik;
– Tanlov ishtirokchisi mazkur Nizomda ko’rsatilgan talablarni buzsa va tanlov o’tkazish talab va shartlariga mos kelmasa, uni tanlovdan chetlatish;
– Hakamlar hay’ati tomonidan ularningvakolatiga rioya qilinishini ta’minlash va haqqoniy baholash tizimini tashkil etishni nazorat qilish.

3. Hujayra.uz tanlov davomida quyidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi:

– Tanlovning ochiq va oshkora tarzda o’tishini ta’minlash;
– Tanlov natijalarini o’z vaqtida e’lonqilish.

4. Tanlov ishtirokchilarining huquqlari quyidagilardan iborat:

– Tanlov o’tkazish shartlari va tartibi to’g’risida ma’lumot olish;
– Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan muddatda ariza topshirish;
– Tanlovda qatnashish uchun topshirgan arizasini @bakhtisher manziliga murojaat etgan holda qaytarib olish;
– Tanlovda g’olib deb e’lon qilingantaqdirda sovrinni qabul qilib olish.

5. Tanlov ishtirokchilarining majburiyatlari quyidagilar:

– Tanlovga ariza topshirishdan oldin tanlov to’g’risidagi mazkur Nizom bilan to’liq tanishish;
– Nizomda ko’rsatilgan barcha qoidalarga qat’iy rioya qilish;
– Tanlovga topshirilgan barcha hujjatlardagi ma’lumotlar uchun javobgar bo’lish.

Yakuniy qoidalar

Tanlovda ishtirok etayotgan ishtirokchilarning fikrlari shaxsiy xarakterga ega bo‘lib, uning to‘g‘riligi uchun faqatmuallifning o‘zi javobgar bo‘ladi. Tanlov tashkilotchilarining fikri maqola mualliflari fikridan farq qilishi mumkin.

Qoidalarga o‘zgartirish kiritish

Zaruriyat tug‘ilganda, tashkilotchilar tomonidan tanlov qoidalariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.