Tabiiy o’simliklarning mo’jizakor sirlari

Rahmatov Axrorbek
Namangan viloyati, Chortoq tumani
20-sonli DIMI biologiya fani o’qituvchisi

Tabiat shunday sirli va mo’jizakor yaratilganki, uning sir-asrorlariga qoyil qolmay ilojingiz yo’q. o’simlik dunyosi ham, hayvonot dunyosi ham o’zgacha yaratilgan. Shunday o’simliklar borki, har tomonlama dorivorlik xususiyati bilan lol qoldiradi. Ayrimlari ham dorivor, ham zaharlilik xususiyati borligi bilan ajralib turadi. Dorivor o’simliklarni ayrimlari hozirgi kunda tabobatda keng miqyosda foydalanib kelinmoqda. Shunday o’simliklardan biri marmarak va ko’k bo’tako’zdir.

Marmarak dorivorlik xususiyati bilan tabobatda o’simliklar orasida oldingi o’rinda turadi. Marmarak ba’zan mavrak deb ham nomlanadi. Marmarak labguldoshlar oilasiga mansub. Hayotiy shakliga ko’ra ko’p yillik yoki yarim butalar turkumiga kiradi. Vatani O’rta yer dengizi sohillari hisoblanadi.

Tibbiyotda marmarakni uch turidan foydalaniladi. Dorivor marmarak –bo’yi 50-100 sm ga yetadigan yarim buta. Tibbiyotda barglari ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, flavonoidlar, uvsol va oleanol kislota, oshlovchi moddalar va boshqa moddalar mavjud. Bundan tashqari tarkibida huddi piyoz va sarimsoqpiyoz tarkibidagi fitonsid moddalar kabi ko’plab mikroblarga qarshi ishlatiladigan moddalar bor. Bargining damlamasi burishtiruvchi dizenfesiyalovchi va yallig’lanishga qarshi ta’sir etuvchi vosita sifatida yuqori nafas yo’llari yallig’lanishida, tomoq, og’iz va milk shilliq pardalari yallig’lanishida og’iz chayish uchun qo’llaniladi.

Efiopiya marmaragi. Uning bo’yi ham 50-100 sm ga yetadi.  U ko’pincha Ukraina, Kavkazning tog’li hududlarida uchraydi. Uning tarkibida dorivorlik xususiyati borligi tufayli uni erta kuz vaqtida yig’ishtirib olinadi. Ko’pincha yer ustki qismi ishlatiladi.

Xushbo’y marmarak ko’p yillik o’t hisoblanadi. O’rta Osiyoning tog’li hududlarida uchraydi. Ko’proq toshloq yerlarda o’sadi. Uning bargidan tayyorlangan qaynatmasi yurak tez urishi, darmonsizlik, bezgak, buyrak kasalliklarini davolashda hamda ovqat hazm bo’lishini yaxshilashda ishlatiladi. Ekstraktidan rayyorlangan surtma va ekstraktining konsentrati-salmus teri kasalliklarini davolashda yaxshi natija beradi. Efir moyidan dorishunoslik aamiliyotida suyuq dori shakllarining hidi va ta’mini yaxshilashda foydalaniladi.

Bundan tashqari olimlar oldida turgan dolzarb muammo bu kam uchraydigan va o’ta xavfli kasalliklarda qo’llash mumkin yoki mumkin emasligidir. Undan tayyorlangan ekstraktlar faqatgina yallig’lanish kasalliklaridagina emas, yuqumli kasalliklarda ham qo’llash mumkinmi?

Xalq tabobatida  marmarakni yana ikki turi: tikanli marmarak va cho’l marmaragidan foydalaniladi. Bolgariyada marmarakni barglaridan tayyorlangan damlama gastrit va kolit, oshqozon yarasi, meteorizm, jigar va o’t pufagi yallig’lanishida foydalaniladi. Bundan tashqari bodomcha bezlarini yallig’lanishida yer ustki qismidan foydalaniladi.

Yana tabobatimiz gavhari hisoblangan ko’k bo’tako’zning ham ajoyib mo’jizakor xususiyatlari bor. U murakkabguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik hisoblanadi. Ko’k bo’tako’z bizga tarixdan ma’lum bo’lib, uning ajoyib sirlari haqida Misrliklarning yozma manbalarida keltiriladi. Misr firavni hisoblangan Tutanxamun davridagi yodgorliklarni topishganida uning sag’anasidan ko’k bo’tako’z gulchambari topiladi va u yaqin vaqtgacha chirigan bo’lsada ammo, rangi va shaklini yo’qotmagani aniqlandi. Misr kohinlari ham bo’tako’zni afsonaviy gul deb qarashgan va o’zlaricha unga turli xil ma’noda munosabatda muomala qilishgan. 

         Ko’k bo’tako’z 1968-yilda boshlab Estoniyaning milliy guli hisoblanadi. Dastlab tibbiyot tomonidan dorivorlik xususiyati aniqlanganda bo’tako’zni ko’z kasalliklari, o’rta quloq yallig’lanishi, tutqanoq, buyrak kasalliklarini davolashda ishlatilgan.

Abu Ali ibn Sino bo’tako’z haqida shunday deydi: “tutqanoqda ichirilsa va yuz falajida burundan yuborilsa , yaxshi foyda  beradi. Burundan yuborilsa miyyani tozalaydi”.

Zamonaviy tibbiyotda ko’k bo’tako’zni gullari ishlatiladi. Gullagan paytda (iyun-iyul) yig’ib olinib, soya joyda quritiladi. Guli tarkibida glikozidlar , flavonoidlar, polisaxaridlar, oshlovchi moddalar, kumarin va boshqa birikmalar bor.

Buyrak, siydik pufagi va istiqo kasalliklarida siydik haydovchi dori sifatida foydalaniladi. Shuningdek o’t (safro) haydovchi ta’sirga ega bo’lganligi uchun jigar va o’t pufagi kasalliklarida ham qo’llaniladi.

 Ko’k bo’tako’zdan tayyorlangan damlama va qaynatmalar kuchsiz zaharli ta’sirga ega. Shuning uchun homilador ayollarga berib bo’lmaydi. 

Ko’z charchaganida va qizarib qolganida ko’k bo’tako’zni quritilgan gulidan  mahalliy sharoitda damlama tayyorlab foydalanish mumkin. Buning uchun 3 osh qoshiq gul  bir stakan qaynoq suvga solinadi va ikki soat damlab qo’yiladi. Keyin suzib olinib, paxtaga shimdirilib ko’zga qo’yiladi.

Ko’k bo’tako’zning urug’i ning kukuni so’gal va uzoq vaqt tuzalmaydigan yaralarni davolashda foydalaniladi.

Xulosa

O’zbekistonda marmarak va ko’k bo’tako’z tog’li hududlarda ko’plab o’sadi. Hozirgi kunda ularni turlari soni kamayib ketmoqda. Ularni muhofazasini ta’minlash uchun mahsus o’simliklar qo’riqxonalar tashkil etish kerak. Chunki bu o’simliklar tabobatimizning mo’jizakor ajoyibotlari hisoblanadi.  Turli tog’li zonalarda insonlarni beshavqat hizmatlari tufayli ko’plab dotivor o’simliklar yo’qolib bormoqda. O’simliklarni yer ostki qismlarini  insonlar yulib olish oqibatida ularni soni kamaymoqda. Turli xil hududlar tashkil etilgan bo’lib, u yerda dorivr o;simliklar maxsus ko’paytiriladi.

 Marmarak o’simligini barglari tarkibida turli moddalar bo’lib, ularda ko’plab yallig’lanish kasalliklarida davo sifatida foydalanilib kelinmoqda.  Marmarak tarkibida uchraydigan turli miktoblarni o’ldiradigan fitonsid moddalar mavjud bu moddadan faqat yallig’lanish kasalliklarini davolashdagina emas, yuqumli kasalliklarni oldini olishda ham foydalanish mumkin. Masalan xavfli o’sma kasalliklarini viruslar qo’zg’atadi. Mana shu  kasallikni qo’zg’atuvchi viruslarko’payib ketmasligi uchun va oldini olish uchun maramarak bargidan tayyorlangan damlamalardan foydalanish mumkin.  Xavli o’sma(rak) kasalligi dastlab yashirin bo’lib, uni birinchi, ikkinchi bosqichini insonlar sezmay, o’tkazib yuborishlari mumkin. Kasallik uchinchi va to’rtinchi bosqichlarda aniq namoyon  bo’ladi va xavfli kasallik tug’diraqdi. Shuning uchun bunkasallikni oldini olish uchun marmarakni bargidan tayyorlangan damlamadan vaqti- vaqti bilan oz-ozdan iste’mol qilib turish mukin. Damlama tarkibidagi moddalar viruslarni organism bo’ylab tarqalib ketishiga to’sqinlik qiladi.

Ko’k bo’tako’zdan ham ba’zi bir yuqumli kasalliklarni davolashda foydalanish mumkin. Ko’k bo’tako’z oshqozon yallig’lanish kasalliklarini oldini olishda foydalaniladi. Bundan tashqari o’t pufagi yallig’lanish kasalliklarda ham keng foydalaniladi. Shu bilan birgalikda yallig’lanish  kasalliklaridan tashqari shu sohada uchraydigan yuqumli kasalliklarni ham oldini olishda yordam berishi mumkin. Lekin ko’k bo’tako’zni qaynatma va damlamasini me’yoridan ortiqcha iste’mol qilib bo’lmaydi. Chunki tarkibida oz miqdorda zaharli modda bor.

U organizmga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.  Barcha dorivor o’simliklarni turlar soni kamayib ketishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Har bir inson tabiat mo’jizalaridan oqilona va ehtiyotkorona munosabatda bo’lishi kerak.

Izoh yozish

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.