Tanlov natijalari

Tanlov natijalari

​​

Mana bir oy davomida hujayra.uz sayti tomonidan tashkil etilgan “Biologlarning ilmiy-ommabop maqolalar tanlovi”ni juda ko’pchilik hayajon bilan kuzatib keldi. Bugun ushbu tanlov natijalarni e’lon qilish vaqti yetdi. Avvalo shu ta’kidlab o’tish kerakki, tanlovga kelgan maqolalarni juda sinchikovlik, ziyraklik va adolatlilik mezonlari asosida baholab borgan hakamlarimiz, jumladan, hakamlar raisi Davronbek Sultonov, hakamlar a’zolari Muqaddasxon Eshonxonova, Sarvar Po’latov, Marg’uba Sulaymonova, Nilufar Qurbonova va Sadoqat Qo’chqorovalarning o’rni beqiyos bo’ldi. Qolaversa har bir ishtirokchi g’oliblik uchun qo’lidan kelgancha harakat qildi. Demak, g’oliblar bilan tanishing.

1-o’rin:
Dilbar Otamurodova – Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shahar 12-maktab biologiya fani o’qituvchisi

2-o’rin:
Feruzaxon Qurbonova – Farg’ona viloyati Uchko’prik tumani 21-maktab oliy toifali biologiya fani o’qituvchisi

3-o’rin:
Barno Sharipova – Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 54-maktab biologiya fani o’qituvchisi

4-o’rin:
Mirmuxsin Axtamov – Buxoro davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti 2-bosqich talabasi

🏆 Tanlovning eng yosh ishtirokchisi nominatsiyasi
Murodjon Sulaymonov – Farg’ona shahar 4-maktab internat 5-sinf o’quvchisi

Quyidagi har bir ishtirokchining hakamlar tomonidan qo’yilgan ballari o’rtachasi, saytdagi maqolasi o’qilganlik ko’rsatkichidan to’plagan bali va @hujayrauz kanalida muxlislar tomonidan qo’yilgan ballarning o’rtacha reyting ko’rsatkichi ifodalangan. Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar, ishtirokchilarning maqolalarini o’qib, baholab borgan muxlislarga va alohida holatda ishtirokchilarimizning maqolalarini baholab borgan hakamlarimizga minnatdorchilik bildirib o’tamiz.

G’oliblarimizga sovrinlar muborak bo’lsin! Keyingi tanlovda uchrashguncha, azizlar

Hujayra.uz ma’muriyati

Muallif haqida

Izoh yozish

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.