To’garak og’izlilar katta sinfi

To’garak og’izlilar katta sinfi

Ilgari to’garak og’izlilar sinfiga mansub bo’lgan minoga va miksinalar turkumi, ayni vaqtda alohida sinf hisoblanadi va ushbu ikki sinf to’garak og’izlilar katta sinfiga birlashadi.

Minogalar sinfiga ayni vaqtda 18 tur kiradi. Ularning deyarli barchasi ayrim jinsli hayvonlar bo’lib, baliqlarning ektoparaziti hisoblanadi. Ayrimlari ko’payish davridan so’ng halok bo’ladi.

Nelson ma’lumotiga ko’ra (2016) ayni vaqtda Miksinalar sinfiga 78 tur kiradi. Vakillari dunyo okeanining tropik va subtropik qismida yashaydi.

Miksinlarning ko’payishiga oid ma’lumotlar juda kam. Ayrim jinsli turlarida erkak va urg’ochi individlar nisbati 1:100 ga to’g’ri keladi. Ba’zi turlari germofradit hisoblanadi. Ularda bir xilda tuxumdon va urug’don bo’ladi. Lekin bir vaqtda ulardan faqat bittasi ishlaydi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin: organizmdagi tuxumdonlar miksina ma’lum bir yoshga yetguncha yoki alohida bir yashash muhitiga tushib qolmaguncha ishlamaydi. Bu xuddi erkak individ qaysidir yoshga borgach yoki bir suv havzasidan boshqasiga o’tgach urg’ochi individga aylanib qolganga o’xshaydi, lekin aslida vaqt o’tib yoki yangi muhit ta’sirida tuxumdonlar ishga tushgan bo’ladi. Agar ushbu ikki omil birga kuzatilsa miksinadagi biz tilga holat yaqqol namoyon bo’ladi va u uzoq vaqt saqlanib qoladi. Urug’lanish tashqi bo’lib, minogalardan farqli ravishda urug’lanishdan keyin miksinalar halok bo’lmaydi.

Miksinalarning sistematik o’rni haqida dunyo sistematiklar maktabi turlicha qarashga ega. Jarayon hanuzgacha bahsli hisoblanadi.

Bo'limlar: Zoologiya
Atamalar: minoga

Muallif haqida

Izoh yozish

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.