Vitamin D haqiqatan ham vitaminmi?

Vitamin D haqiqatan ham vitaminmi?

Vitamin D ning muqobil nomlari – kalsitriol (1,25-digidroksivitamin D); ergokalsiferol (vitamin D2); xolekalsiferol (vitamin D3); kalsidiol (25-gidroksivitamin D).

Vitamin D

Vitamin D haqiqatan ham vitamindan ko’ra gormon xususiyatlarini o’zida ko’proq namoyon etadi. Vitamin D steroid modda, u xolesterindan hosil bo’lgan. Vitamin D ichaklardan kalsiyning qonga so’rilishi uchun kerak. Vitamin D quyosh nurlari ta’sirida terida sintezlanadi va kunlik ovqat tarkibidan o’zlashtiriladi( o’rtacha 10 %). Jigar va buyraklar ovqatdan olingan va terida sintezlangan vitamin D ni aktiv gormon, kalsitriolga o’zgartiradi. Aktiv gormon vitamin D  ichaklardan qonga so’rilayotgan kalsiyning miqdorini oshiradi va buyraklardan kalsiyning chiqib ketishini kamaytiradi. Shuningdek, vitamin D suyak hujayralari faolligini boshqaradi va bolalarda va kattalarda yangi suyak hosil bo’lishida juda zarur. Keyingi tadqiqotlar vitamin D yanada ko’proq va muhim vazifalarni bajarishini ko’rsatyapti. Ko’p to’qimalarimizda vitamin D retseptorlari mavjud. Ichakdagi retseptorlarga vitamin D bog’langanda, hujayralarning kalsiy so’rish qobiliyati oshadi.

Vitamin D boshqaruvi

Agar, qonda kalsiy miqdori kamaysa, qalqonorqa bezi buni sezadi va paratgormon ishlab chiqarishni oshiradi. Paratgormon gormoni aktiv vitamin D sintezlovchi ferment faolligini oshiradi. Natijada qondagi Ca2+ miqdori ko’payadi. Hosil bo’lgan aktiv vitamin D qalqonorqa bezida paratgormon ishlab chiqarishni kamaytiradi. Yana, Vitamin Dning sintezlanishi to’g’ridan to’gri kalsiy, fosfat va kalsitriol tomonidan nazorat qilinadi.

Vitamin D sintezi

Teriga yaqin joyda xolesterol quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida vitamin D2 (ergokalsiferol)ni hosil qiladi. So’ng jigarda ferment ta’sirida vitamin D3 (xolekalsiferol)ga aylanadi. Vitamin D3 qon orqali buyrakka yetib keladi va juda aktiv ko’rinishga ya’ni kalsitriolga aylanadi.

Vitamin D sintezi

Vitamin D ning yetishmasligi yosh bolalarda raxit kasalligiga, kattalarda esa osteomalaziya kasalligiga sabab bo’lishi mumkin.

Bundan avval qon guruh sistemalari haqida xabar bergan edik.

Bo'limlar: Fiziologiya
Atamalar: gormon, vitamin D

Muallif haqida

Izoh yozish

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.