Sizlarga xalqaro o’simlik va hayvonlarning sistematika, tur tarkibi, boshqa muhim yangiliklari aks etadigan kataloglarini taqdim etib boriladi:

☘️ Xalqaro o’simlik nomlari indeksidan o’simliklarning sistematikasi, ularning tur nomi, mualliflari haqida batafsil malumot olishingiz mumkin.
☘️ Yer yuzidagi o’simliklar oilasi, turkumi va turlar soni, turlarning sistematik holati, sinonimlari va boshqa ma’lumotlari haqida ushbu katalogda tanishasiz.
🍀 Yer yuzidagi o’simlik turlari, ularga oid barcha ma’lumotlarni The World Flora Online katalogida kuzating.
🥬 Xalqaro suvo’tlar katalogi orqali suvo’tlarning sistematik o’rni, ularning rasmlari, suvo’tlarga oid adabiyotlar va kundalik kashf etilayotgan yangi turlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
🐕 Umumiy hayvonlar haqidagi ma’lumotlar, ularning taksonomiyasi va boshqa ma’lumotlari bilan ushbu katalogdan tanishishingiz mumkin.
🐚 Molluskalarga oid barcha ma’lumotlarni quyidagi katalogdan topishingiz mumkin.
🕷O’rgimchaklar turkumining xalqaro eng yirik katalogida turlar nomi, ulardagi o’zgarishlar, adabiyotlar bilan tanishishingiz mumkin.
🐝 Xalqaro ninachilar turkumi ro’yxati ushbu katalogdan joy olgan.
🦋 Xalqaro kapalaklar va tunlamlar katalogida ushbu hayvonlar sistematikasining joriy holati, turlar nomi va adabiyotlari bilan tanishishingiz mumkin.
🐟 Baliqlarning ushbu katalogidan eng so’nggi sistematik o’zgarishlarni va baliq turlari yoritilgan adabiyotlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
🐠 Baliqlarning mana bu katalogida esa har bir baliq turiga xos o’nlab ko’rsatkichlar, mamlakatlarning baliqlar ro’yxati, adabiyotlari bilan tanishishingiz mumkin.
🐡 Baliqlarning ushbu katalogi orqali baliqlar ilmiy nomlarining etimologiyasi bilan tanishib borishingiz mumkin. Katalogga barcha baliq turlari va kenja turlari kiritilgan. Katalog deyarli har kuni yangilanadi.
🦈 Baliqlarga oid ushbu katalog 2014-yildan beri kashf etib kelinayotgan yangi baliq turlarining ro’yxati va baliqlarga oid adabiyotlar bilan tanishtiradi.
🐠 G’orda yashashga moslash baliqlar haqidagi barcha ma’lumotlar ushbu katalogdan joy olgan.
🐸 Suvda hamda quruqlikda yashovchilar xalqaro katalogi bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.
🐸 Amfibiyalarning ushbu katalogi esa deyarli har kuni yangilab boriladi.
🦎 Sudralib yuruvchilar sinfining xalqaro katalogida umumiy turlar soni, manbaalar, bu sohada faoliyat yuritadigan olimlar bilan tanishasiz.
🦅 Qushlar sinfining klassifikatsiyasi, sohadagi yangiliklar, adabiyotlar bilan ushbu katalogda tanishishingiz mumkin.
🦍 Sutemizuvchilar sinfiga oid eng so’nggi ma’lumotlar, joriy taksonomiyasi va manbaalari bilan ushbu katalog orqali tanishishingiz mumkin.
🦅 Hayvonlarning zoologik nomenklaturasiga oid rasmiy registratsiyasi ushbu katalog orqali yuritiladi. Ushbu katalogda ro’yxatdan o’tgan hayvonlar nomlarigina haqiqiy hisoblanadi.

❗️Ushbu ro’yxat doimiy yangilanib, to’ldirib boriladi.