Xalqaro Qizil kitob (1-qism)

Xalqaro Qizil kitob (1-qism)

Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi – TMXI (inglizchasi “International Union for Conservation of Nature” – IUCN) Yer yuzining turli mintaqalaridagi himoyaga muhtoj biologik turlarning ro’yxatini shakllantiradigan, ular to’g’risida ma’lumot beradigan, sayyoramizdagi biologik xilma-xillikni saqlash muammolarini yoritish bilan shug’ullanuvchi xalqaro notijoriy tashkilot.

Tashkilot 1948 yil oktabr oyida Fransiyada tashkil etilgan. Ayni vaqtda uning shtab kvartirasi Shveysariyaning Gland shahrida joylashgan. TMXI BMT ning bosh assambleyasida kuzatuvchi maqomiga ega. Ushbu tashkilotda dunyoning 160 dan ortiq davlatlaridan ishtirokchilar bo’lib (ular orasida O’zbekiston yo’q), 14 500 dan ortiq ekspertlar jamoasi tashkilot tarkibidagi 6 ta kommissiyada faoliyat yuritadi. TMXI haqida to’liq ma’lumotni uning rasmiy saytidan o’qishingiz mumkin.

TMXI 1963 yilda ilk marotaba Yer yuzidagi himoyaga muhtoj, xavf ostida bo’lgan o’simlik va hayvon turlarining ilk xalqaro ro’yxatini (Qizil kitob) taqdim etdi. Ushbu ro’yxatdagi turlar quyidagi darajalarda baholangan edi. Ushbu darajalar bugungi kungacha hayvon va o’simliklarni Qizil ro’yxatga (Qizil kitob) kiritishda asos bo’lib xizmat qilmoqda:

NE – not evaluated (xavf darajasi baholanmagan)
DD – data deficient (yetarlicha ma’lumot mavjud bo’lmagan)
LC – least concern (kamayib ketish xavfi ostida)
NT – near threatened (zaif holatga yaqin)
VU – vulnerable (zaif holatda)
EN – endangered (qirilib ketish arafasida)
CR – critically endangered (butunlay yo’q bo’lib ketish arafasida)
EW – extinct in the wild (yovvoyi tabiatda qirilib ketgan)
EX – extinct (qirilib ketgan)

Ayni vaqtda TMXI tomonidan 98 512 biologik tur yuqoridagi toifalarga ko’ra baholanilgan bo’lib, ularning 27 000 dan ortig’i qirilib ketish xavfi ostidagi turlar hisoblanadi.

P.S. yuqoridagi maqola ushbu mavzudagi ilk maqolamiz bo’lib, bundan keyin har bir mezonning o’zi haqida alohida maqola berib boramiz.

Bo'limlar: Umumiy biologiya

Muallif haqida

Izoh yozish

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.