Hujayraning asosiy organoidlaridan biri bo’lgan yadro sitoplazmadan ikki qavatli yadro membranasi bilan ajralib turadi. Karioplazma yoki nukleoplazma (yadro suyuqligi) tarkibiga ko’ra sitoplazmaga yaqin tursa ham, undan yopishqoqligi yuqoriligi bilan farqlanadi. Nukleoplazma atamasi E. van Beneden (1875) tomonidan, karioplazma atamasi esa V.Flemming (1878) tomonidan fanga kiritilgan. Ikkala termin ham amalda teng qo’llaniladi.
Sitoplazma va nukleoplazma orasidagi moddalar almashinuvi aynan yadro yuzasidagi teshiklar (poralar) orqali sodir bo’ladi. Yadro poralari kompleksi (NPC) murakkab tuzilgan oqsil struktura bo’lib, barcha ilmiy tadqiqotlar ularning tuzilishi ko’p organizmlarda o’xshash ekanligini ko’rsatgan. Sodda qilib aytganda u quyidagi qismlardan tashkil topgan:
1) tashqi sitoplazmatik iplar;
2) sitoplazmatik halqa;
3) ichki yadro iplari;
4) distal halqa.
Uchinchi va to’rtinchisini birgalikda yadro savatchasi ham deyiladi.
Yadro poralarining soni hujayraga qarab farq qiladi, masalan achitqi zamburug’i yadrosida ular 190 ta, odamning turli hujayralarida 3000-5000 tagacha, Xenopus laevis baqasining tuxum hujayrasi yadrosida 50 mln tagacha bo’ladi. Poralar soni hujayra sikli vaqtida ham o’zgarib turadi. Masalan, interfazaning S davrida xromosomalar bilan birga yadro poralari soni ham ikki barobar ortadi.
Vazifasi
Yadro poralari nukleoplazma va sitozlazma orasidagi oqsil, ribosoma, RNK turlari va boshqa moddalarning transportirovkasini nazorat qiladi. Undagi sitoplazmatik va yadro iplari (glikokalikslari) moddalarning tarkibiga ko’ra “tanib” olish xususiyatiga ega.
Muallif haqida
O'xshash maqolalar
Izoh yozish
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.