Yalligʻlanishga qarshi nosteroid dori vositalari SARS-CoV-2 infeksiyasiga qarshi kurashuvchi antitanalar va sitokinlar faoliyatini pasaytirishi mumkin

Yalligʻlanishga qarshi nosteroid dori vositalari SARS-CoV-2 infeksiyasiga qarshi kurashuvchi antitanalar va sitokinlar faoliyatini pasaytirishi mumkin

Obroʻli Journal of Virology jurnalida chop etilgan tadqiqotda olimlar sichqonlarda yalligʻlanishga qarshi nosteroid dori vositalari (YQND) koronavirusga qarshi hosil qilingan antitanalar va yalligʻlanish holatlarini kamaytirishini aniqlashdi.

YQNDlar yalligʻlanishga qarshi va ogʻriq qoldiruvchi sifatida keng qoʻllaniladi. Ularni Covid-19 bilan kasallangan bemorlarda qoʻllash mumkin yoki yoʻqligi koʻplab debatlarga sabab boʻlib kelmoqda.

YQNDlar yalligʻlanish mediatori prostaglandinlar hosil qiluvchi siklooksigenaza 1 va 2 (SOK-1 va SOK-2) fermentlarini bloklaydi. SARS-CoV-2 infeksiyasi odam hujayralari kulturalari va sichqonlarda SOK-2 fermentlari miqdorini oshiradi. Ammo, tadqiqotda foydalanilgan ibuprofen va meloksikam dorilari virusning hujayraga kirishi va koʻpayishiga hech qanday taʼsir koʻrsatmagan. Bunga teskari ravishda, virusga qarshi kurashuvchi yalligʻlanish mediatorlari va antitanalarni kamaytirgan.

Taqdiqot xulosasiga koʻra YQNDlardan Covid-19 kasalligini davolashda foydalanish koronavirus rivojlanishiga emas, balki unga qarshi ishlovchi immun tizimlariga negativ taʼsir etadi. Bunday dori vositalaridan koronavirusga qarshi emlangan holatda foydalanish unga qarshi immunitet hosil boʻlishiga taʼsir etishi mumkin.

Bo'limlar: Fiziologiya

Muallif haqida

Izoh yozish

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.