Hujayralarda mitoxondriyalarning soni qancha?

Hujayralarda mitoxondriyalarning soni qancha?

Bu savolga qisqagina qilib mitoxondriya soni hujayralarning shakli, hajmi, vazifasi va qayerda joylashganligiga bog’liq deb javob bersa bo’ladi. AQSH ning Indiana universiteti professori Logan W. Cole 2016 yilda chop etgan “The Evolution of Per-cell Organelle Number” maqolasida har bir organoidning hujayralardagi soni haqida batafsil so’z yuritadi.
Hozir sizlarga mitoxondriyaning turli hujayralargi soni haqida qisqacha ma’lumot bermoqchimiz. Demak,

Eritrotsitlarda nafaqat yadro, balki mitoxondriyalar ham yo’q ekan.

Jigar hujayralari gepatotsitlarda – 2000 tagacha;

Bir hujayrali organizmlardan evglena, xlorella, politomella, tripanosoma kabilarda bitta yirik;

Ichakda anaerob holatda yashovchi entamyobalarda 0 ta;

Yurak, muskul, miya hujaralarida 100-1000 tagacha;

Hayvonlarning tuxum hujayralarida – 300 000 tagacha;

Odam tuxum hujayrasida taxminan 600 000 ta;

Baqa tuxum hujayrasida esa 10 000 000 tagacha (!) mitoxondriya bo’ladi.

Bundan tashqari fasllarga qarab ham ularning soni farq qiladi. Masalan, tok novdalaridagi hujayralarda vegetatsiya davrida kuzdagiga nisbatan 25-30% ko’p mitoxondriya bo’ladi.

Atamalar: hujayra, mitoxondriya

Muallif haqida

Izoh yozish

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.