Filippinda yerqazar kalamushlarning yangi ikki turi kashf qilindi

Filippinda yerqazar kalamushlarning yangi ikki turi kashf qilindi

Filippinning Luzon nomli orolida joylashgan tog’lardagi yo’sinli o’rmonlarda sutemizuvchilar sinfiga mansub, yerqazar kalamushlarning yangi ikki turi kashf qilindi. Odatda yangi sutemizuvchilar turining kashf etilishi juda noyob hodisa hisoblanadi. Bu haqida Journal of Mammalogy ilmiy nashri xabar berdi.

Ushbu kalamushlar Rhynchomus urug’iga mansub bo’lib, ushbu urug’ vakillari Eski dunyo uchun xos bo’lmagan tur hisoblanadi. Ular ilk marotaba Filippinda topilmoqda.

“Ushbu kemiruvchilar juda ajoyib. Ular orqa oyoqlarida sakrab harakatlanishadi, xuddi kichik kenguruni eslatib yuboradi. Tumshuqlari uzun, oziq tishlari yo’q. Tanasini qoplagan yungi qisqa, lekin nihoyatda qalin. O’rmonning tor so’qmoqlarida kecha-kunduz sakrab-sakrab chuvalchang ovlaydi”, – deydi tadqiqot mualliflaridan AQSH ning Yuta shtatidagi Tabiat muzeyi professori Erik Rikart.

Kalamushlari o’zlari topilgan tog’lik hudud sharafiga Mingan yerqazar kalamushi (Rhynchomys mingan) va Labo yerqazar kalamushi (Rhynchomys labo) deb nomlangan.

Kichik bo’lgan hududdan kashf qilingan ushbu ikki kemiruvchi Filippinning nisbatan kam o’rganilgan, o’ziga xos biologik xilma-xilligini ko’rsatadi. Olimlarning qayd etishlaricha, Filippin orollari, ulardagi tog’liklar sutemizuvchilar yashashi uchun nihoyatda optimal sharoit hisoblanadi. Tog’larda yashaydigan turli sutemizuvchi hayvonlar balandlik mintaqasida yashashga moslashganligi bilan o’zining boshqa urug’doshlaridan farq qiladi. Bunday farqlanish ular orasidagi tabiiy-fiziologik izolyatsiyalarni vujudga keltiradi. Hayvonlardagi mana bunday kichik divergensiyalar ularning kelajakda yangi turlarga aylanishida muhim omil hisoblanadi. Yuqoridagi ikki topilma esa tog’ o’rmonlarini doimiy muhofaza qilish, u yerda yashaydigan biologik xlma-xillikni muntazam ravishda biologik tadqiq etish zarurligini taqozo etadi.

Bo'limlar: Zoologiya

Muallif haqida

Izoh yozish

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.