Kitsimon akula

Kitsimon akula

Bugungi kunga kelib Yer yuzidan qirilib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar orasida kitsimon akula (Rhincodon typus) ushbu ro’yxatning eng avvalida turibdi. Kitsimon akula ayni vaqtdagi baliqlar katta sinfining eng yirik vakili hisoblanadi. Uning uzunli 12,65 metrgacha (ayrim adabiyotlarda 18-20 metrgacha deyilgan) yetadi. U Tinch, Hind va Atlantika okeanining iliq suvli, ekvatorga yaqin hududlarida yashaydi. Kitsimon akula o’z oilasining yagona vakil hisoblanadi. Bir oilaga faqat bitta tur kirsa, bunday turlar monotipik tur deb yuritiladi.

Ayni vaqtda ushbu baliq turining soni haqida aniq bir ma’lumot mavjud emas. Olimlar ularning Yer yuzida 1000 ta vakili qolgan xolos deb hisoblashadi. Ushbu ko’rsatkich kitsimon akulaning yaqin orada Yer yuzidan butunlay qirilib ketishini bildiradi. Ayni vaqtda juda ko’p davlatlarda ushbu akula turini ovlash qonun yo’li bilan taqiqlangan. Jumladan, 1980-yillarda Avtraliya va AQSHda, 1993-yilda Maldiv orollarida, 1998-yildan Flippinda, 2000-yildan Meksika, Tailand va Blizda, 2001-yilda Hindistonda kitsimon akulani ovlash taqiqlandi.

2016-yildan kitsimon akula Xalqaro Qizil kitobning qirilib ketayotgan turlar ro’yxatiga olindi. Vaholanki, 2000 va 2005 yillardagi ro’yxatda u soni kamayib borayotgan turlar ro’yxatida edi.

CHEKLOVCHI OMILLAR

Ushbu akula turining kamayib ketishiga asosiy sabab, ularni haddan tashqari ko’p ovlanishi bo’ldi. Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlari va Hindistonda aholi soni o’sib borishi bilan ular orasida oqsilga boy oziq-ovqatga bo’lgan talab orta boshladi, ayniqsa okean va dengiz bo’yidagi aholida bu ehtiyoj yana otdi, bu esa ushbu mintaqadagi baliq turlarining haddan tashqari ko’p ovanishi olib keldi.

Bundan tashqari kitsimon akulalarning uzoq vaqtda voyaga yetishi va sekin rivojlanishi ham ularning tabiiy ravishda kamayib ketishiga asosiy omil bo’lib qolmoqda. Mutaxassislarning fikricha bugungi kunda har yili tabiiy ravishda kitsimon akula populyatsiyasi 5-6% ga qisqarib bormoqda.

Ko’payishi

Kitsimon akulalarni deyarli yuz yildan beri o’rganib kelinsa ham, lekin ularning ko’payishiga oid aniq dalil va ma’lumotlar mavjud emas. Avvaliga tuxum qo’yib ko’payadi deb hisoblangan ushbu baliq, keyinchalik tuxum qo’yib tirik tug’uvchi turlar qatoriga kirishi aniqlangan. Ya’ni uning homilasi tuxum-kapsula ichida rivojlanadi. Tuxumdan esa tuxum yo’lida chiqib, tug’iladi. Jarayonning qanday kechishi, qachon ko’payishi borasidagi ma’lumotlar juda ozligi bois kitsimon akulalarni ko’paytirish ishlari hali hanuz boshi berk ko’chada qolmoqda. 

Bo'limlar: Zoologiya
Atamalar: kitsimon akula

Muallif haqida

Izohlar

  1. Zuhriddin Obloqulov
    Zuhriddin Obloqulov 28 Sentabr, 2018, 13:15

    Kit akulalar necha yil yashashi mumkin?

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.