Kaliforniya fanlar akademiyasining dengiz biologiyasi bo’yicha mutaxassislar jamoasi Braziliyadan 940 km shimoliy-sharqda joylashgan San-Paulu oroli artofidagi korall riflaridan yangi baliq turini kashf etishdi.
Yangi topilgan baliq korall riflarida yashovchi Serranidae oilasiga mansub bo’lib, unga Tosanoides aphrodite deb nom berildi. Baliqning o’rtacha uzunligi 5-8 sm atrofida. Erkak turlarida sariq va pushti rangli chiziqlar, urg’ochi turlari esa to’q qizil va to’q sariq rangga ega.
Tosanoides aphrodite riflarning unchalik yirik bo’lmagan nimqorong’u qismlarida yashaydi. Uni dengizning 100-260 m chuqurlikdagi qismida uchratish mumkin.
“Bu shu vaqtgacha men ko’rgan eng chiroyli baliq” – deydi kaliforniya fanlar akademiyasining baliqlar bo’limiga mas’ul bo’lgan doktor Luiz Rocha. Tadqiqot natijalari xalqaro Zookeys ilmiy jurnalida chop etildi.
Muallif haqida
O'xshash maqolalar
Izoh yozish
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.