Hujayra nomli ilmiy she’r
Feruz Jovmurov
Termiz davlat universiteti
biologiya yo’nalishi 1-bosqich talabasi
Olam ichida olam, mikro olam bor emish
Hujayrani to’ldirgan sitoplazma oqarmish
Sitoplazmadir tiniq,rangsiz hamda shilimshiq
Unda oziqa va havo aylanadi tinimsiz
Olam ichida olam, mikro olam bor emish
Hujayraning to’ridan yadro olgan joy emish
Bakteriya va suv o’tlar, unga doim zor emish
Ko’payishga u doim tayyorlanib shay emish
Yadro tuzilishin oddiy
O’qib bilsang sen qat’iy
O’rgangin qilib zaxmat
Deysan Robert Brounga rahmat
Olam ichida olam, mikro olam bor emish
Hujayrada ribosoma bo’lmaganda xor emish
Ribosomaning o’zi ishlab chiqarar oqsil
Ribosoma susaysa oqsil bo’ladi taqchil
Ribosoma aslida organizm tanlamas
Bakteriyami u hayvon, hech birini anglamas
O’zi membranasiz dir
Palada ham shunday der
Mitoxondirya ham bor, qolib ketmaydi aslo
ATF da energiyani to’plar ekan u tanho
Toparsan muskulning o’zidan
Ko’payadi o’z-o’zidan.
Izoh yozish
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.