Chapaqaylar dunyosi. Chapaqaylarning bosh miya ishlashi mehanizmlarining xususiyatlari
Shoxsanam Shavkatova
Farg’ona davlat universiteti
biologiya o’qitish metodikasi
yo’nalishi 1-bosqich talabasi
Chapaqaylik – bu asosan chap qo’l bilan ishlovchi insonlarga xos bo’lgan holat. Dunyo aholisining taxminan 15% ini chapaqay insonlar tashkil etadi. Bunday insonlar o’z ehtiyojlarini chap qo’l bilan bajarishga odatlanganlar. Qaysi qo’l bilan yozishga ko’ra, o’naqaylik yoki chapaqaylikni aniq indikatori mavjud emas. Chunki ko’pchilik chapaqaylar o’ng qo’lida yozadilar, lekin qolgan barcha ishlarni chap qo’li yordamida bajaradilar. Bu har bir chapaqay insonning jismoniy holatiga va uning organizmiga chambarchas bog’liq.
Bosh miyamiz o’ng va chap yarim sharlardan iborat. Miyamizning har ikkala qismining funksiyasi bir-biridan butkul farq qiladi. Bu ko’rsatkich 100% emas. Masalan, miyamizning chap yarim sharida nutq markazlari joylashgan bo’lib, nutq bilan bo’g’liq barcha fikrlash jarayoni aynan shu chap miya sharimizda bo’lib o’tadi. O’ng miya yarim shariga kelsak, narsalarning ko’rinishi, joylashuvi kabilarni bajarish xususiyatiga ega. O’ng miya yarim sharimiz ma’lumotlarni nutqsiz, ya’ni so’zsiz tahlil qiladi va qabul qiladi. Bu jarayonni bajarishda ko’zlarimiz muhim vazifani bajaradi.
Dunyoda chap va o’ng qo’lini birvarakayiga ishlata oladigan insonlar ham mavjud. Bunday insonlar odamlar super odamlar emas, ularni ilmiy tilda ambidekstarlar deb atashadi. Lekin bu kabi insonlar ikkala qo’li bilan yoza olmaydilar. Ammo boshqa yumushlarni bajarishda ikkala qo’li ham bir xilda ishtirok etadi. Masalan, o’ng qo’li bilan yozsa, chap qo’li bilan zarba beradi. Yer yuzida bunday insonlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Xo’sh, faqat shundan iboratmi?
Olimlarning aytishiga qaraganda, ambideksterlarning nutq jarayonida har ikkala miya yarim shari bir xilda ishtirok etadi. Shuning uchun ham bunday qobiliyat egalari insult kasaliga uchraganda, nutqi buzilsa, tez orada tiklanish jarayoni bo’lib o’tadi.
Bir so’z bilan aytganda o’naqaylar nazariyotchi, chapaqaylar esa amaliyotchi bo’lishadi. Bunga eng katta sabablardan biri, chapaqay insonlar biron-bir ma’lumot yoki narsani o’z xotiralarida eslab qolish xususiyati yaxshi rivojlanganligidir. Bu ularning eng katta yutuqlaridan biri hisoblanadi.
Shu o’rinda bir savol tug’iladi, chapaqaylikka nima sabab bo’lishi mumkin? Olimlarning fikriga ko’ra, chapaqay bola tug’ilishiga sabab homila qonida testosterone garmoni haddan ziyod ko’p bo’lishidir. Ayniqsa, o’g’il bolalar bosh miyasining chap miya yarim sharida ushbu garmon ta’sirida, rivojlanish jarayonida sustlik holati kuzatiladi. Agar chap miya yarim sharida neyronlarning belgilangan nuqtalar egallash jarayoni yetarlicha kechmasa, chapaqaylikka sabab bo’lish ehtimoli ortadi.Ilmiy asoslarga ko’ra, chapaqaylar immun tizimida xastaliklarga chalinish ko’proq bo’ladi. Bunday insonlar qonidagi testosteron garmonining ortiqchaligiga yuqoridagi muammolarga sabab qilib ko’rsatilgan. Xulosa qilib aytganda, yuqorida ta’kidlaganimizdek chapaqay insonlar dunyoni so’zsiz tahlil qila olish qobilyatiga egadirlar. Shuning uchun bunday insonlar san’at sohasi vakillari ko’plap yetishib chiqqan. Kompozitor, rassom, tabiatshunos olim kabilarni bunga misol qilib ko’rsatishimiz mumkin. Bunday insonlarning xulq-atvori, fikrlash qobilyati o’naqaylardan butkul farq qiladi va ulardan har doim ajralib turadi. Shuning uchun ham chapaqay insonlar dunyo mo’jizalaridan biridir.
O'xshash maqolalar
Izoh yozish
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.