Nikotin va kelajak avlod

Toshtemirova Fotima
Farg’ona davlat universiteti
biologiya o’qitish metodikasi 1-bosqich talabasi

Tabiat bizga inom etgan o’simliklar tarkibida foydali va zararli moddalar mavjud bo’lib ulardan birini misol tariqasida sizga takidlab o’taman. Ikki urug’ pallalilar sinfi Ituzumdoshlar oilasiga mansub Tamaki o’simligining tarkibida uchraydigan- nikotin moddasining zarari ancha katta. Sizga modda nomi tanish to’g’rimi? Ha albatta siz uni “sigaret” ko’rinishida bilasiz. nikotin ni ko’pincha erkaklar sigaret yoki nikotinli saqch ko’rinishida iste’mol qilishadi. Sigaret qutisidagi “chekish insonni o’ldiradi” degan yozuvga e’tibor bermaydilar. Ushbu so’zning tagida katta haqiqat borligiga hech qiziqib ko’rishganmikin!?

Hidlaydigan va nikotinli saqich chekadigan nikotinga nisbatan inson oraganizmiga ko’proq zaharlidir. Nikotin organizmga tushishi bilan qon orqali tanaga tez tarqaladi. Tamakini hidlagandan so’ng nikotin miyaga yetib borishi uchun 7 soniya kifoya ekan. Ushbu moddani chekayotgan odam o’zi bilan birga o’z kelajak avlodiga ham katta zarar yetkazishini Florida shtatidagi universitet va Massachusets umumiy klinikasi izlanuvchilari PLoSOne da yozib o’tishgan.

Izlanuvchilarning tadqiqodlariga ko’ra ckekadigan inson avlodlari o’zlarida nikotinga nisbatan moyillikni his etishadi va ota-onalaridan yashirincha chekishni boshlaydilar.

Nikotin moddasi hatto molekulyar darajada ham inson hujayrasiga ta’sir ko’rsatadi. Bizga ma’lumki DNK bu hayot kodi- huddi kompyuter kodi singari. Agar kompyuter kodi nollar bilan birlardan hosil bo’lgan bo’lsa – DNK A, T, G, C harflaridan iborat. Zararli kompyuter programmalari (biz ularni viruslar deb ataymiz) shu kompyuter kodiga o’zgartirish kiritadi. Masalan 0 yoki 1 o’rniga 2 ni qo’shib qo’yilsa kompyuter buni o’qimaydi va ishdan chiqa boshlaydi. Bizning DNK miz ham huddi shunday ishlaydi.

Maxsus fermentlar, DNK tarkibiga kiradigan azotli asoslar A T G C larda o’zining metil belgisini qoldiradi va ushbu belgini olgan genlar faolligi o’zgara boshlaydi. Bunday Genetik faolligning o’zgarishi fanda epigenetik usul deyiladi. Nikotin epigenetik holatda 7000 dan ziyod Genlarga ta’sir etishini Florida Shtati Universiteti va Massachusets klinikasining izlanuvchilari PLoSONe da ta’kidlab o’tishgan.

Nikotining Biosintezi tamaki o’simligining ildizida sodir bo’ladi, bargida esa yeg’iladi. Yana bir qiziq malumot, nikotin pomidor, kartoshka, baqlajon va yashil bulg’or qalampiri tarkibida oz miqdorda uchraydi.

Agar inson tamaki chekishni tashlasa 5 yil davomida chekishni boshlagandan avvalgi ya’ni organizmi Nikotin bilan zaharlanib ulgurmagan holiga qaytadi. Hulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki Nikotining istemolini sekin astalik bilan cheklab birinchi navbatda inson o’z organizmiga va albatta oila budjetiga ham foyda keltirishi mumkin!!!

Izoh yozish

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.