Xloroplast haqida qiziqarli 7 fakt

Xloroplast haqida qiziqarli 7 fakt

1. Xloroplastlar o’simlik hujayrasida Kelvin siklidan tashqari bir qator funksiyalarni amalga oshiradilar, jumladan bir qator yog’ kislotalari sintezi, aminokislotalar sintezi va o’simlik hujayrasining immun javob reaksiyalari aynan xloroplastlarda kechadi.

2. Xloroplastlarning hujayradagi soni bittadan (bir hujayrali suvo’tlarda) 100 tagacha (model o’simlik Arabidopsis turlarida va bug’doyda) boradi.

3. Xloroplastlar juda dinamik organoidlar bo’lib, ular o’simlik hujayrasi ichida muntazam ravishda harakatlanib ko’chib yuradi, ba’zan esa teng ikkiga bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Ularning harakatlari yorug’lik rangiga va intensivligiga bevosita bog’liq.

4. O’simlik hujayrasi o’z-o’zidan xloroplastlarni hosil qila olmaydi, ular qiz hujayralarga ona hujayraning bo’linish vaqtida “meros” bo’lib o’tadi.

5. Xloroplastlarni 1837 yilda nemis botanik olimi Gugo fon Mohl kashf etgan, ularga “xloroplast” nomini esa 1884-yilda nemis botanigi Eduard Strasburger bergan.

6. Xloroplastlar faqatgina o’simliklar va suvo’tlarda topilgan. Boshqa dunyo vakillaridan yolg’iz protistlarga mansub amyoba – Paulinella chromatophora da xloroplastlar borligi aniqlangan.

7. Xloroplastlarda mitoxondriyalar kabi DNK mavjudligi 1962-yilda aniqlangan. O’simliklardan ilk marotaba tamaki va jigarsimon yo’sinning xloroplast DNK sini to’liq sekvenirlangan. Xloroplast DNK si o’rtacha 120 000 – 170 000 nukleotid juftligidan iborat.

Bo'limlar: Botanika

Muallif haqida

Izohlar

  1. Ziyoviddin Yusupov
    Ziyoviddin Yusupov 1 Mart, 2019, 14:08

    8) Toliq xloroplast genomi- O’simliklarni filogeniyasini(molekulyar asosda sitemaga solish) tuzishda eng yaxshi vosita. Mitoxondriya va Yadroda mutatsiyalar o’zgaruvchanligi yuqori bo’lgani uchun, Osimliklarning har bir turiga tegishli to’liq xloroplast genomi asosida tuzilgan klassifikatsiya yuqori darajada aniqlik beradi.

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.