Muallif haqida
O'xshash maqolalar
Izoh yozish
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.
Ham soni, ham turli-tumanligi bo’yicha hasharotlarga yetadigani topilmasa kerak. Yer yuzidagi jamiki hayvonlarning deyarli yarmiga yaqinini hasharotlar tashkil etadi. Hatto aytim mualliflarning ta’kidlashlaricha hozirgacha bizga ma’lum hasharotlar aslida hasharotlarning atigi 10 foizini tashkil etar ekan xolos, qolgan turlari esa o’zlarining kashf etilishini kutib turibdi. Hasharotlar turkumlari ham nihoyatda xilma-xil. Ular bi- biridan tashqi ko’rinishi, hayot tarzi, oziqlanishi, ko’payishi va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi. Turkumlar ichida eng yiriklaridan biri bu qattiqqanotlilar (qo’ng’izlar) turkumi bo’lib, ular ham o’z navbatida bir-biridan farqlanuvchi turli oilalarga bo’linadi. Bugun qo’ng’izlarning ana shunday ajoyib bir oilasi bilan tanishamiz.
Barg o’rovchi qo’ng’izlar (Attelabidae) tropik mintaqalarda keng tarqalgan qattiqqanotlilar turkumi vakillari bo’lib, ularning Yer yuzida 2100 dan ortiq turi mavjud. Aksariyat turlari qishloq xo’jalik ekinlariga zarar keltirishi bilan zararkunanda hasharot sifasida ma’lum. Oila o’z navbatida bir necha kenja oilalarga bo’lingan. Oilaga xos xususiyatlarda biri ularning lichinkasi o’simlik to’qimasining sekinlik bilan kechadigan chirish va achish boradigan qismida rivojlanadi.
Ushbu qo’ng’izlarning kattaligi o’rtacha 2,5-12 mm atrofida bo’ladi, tropika tarqalgan vakillariniki esa 17-25 mm gacha yetadi. Ushbu qo’ng’izlar tashqi tuzilishi, ayniqsa bosh qismining cho’zinchoqligi bilan uzun burunli qo’ng’izlarga (Curculionidae) o’xshab ketadi. Lekin ulardan boshining, birinchi ko’krak bo’g’imi va mo’ylovlarining shakli bilan farq qiladi.
Ushbu hasharotlar o’simlik to’qimalari bilan oziqlanadi. Ularning ozuqa spektri nihoyatda keng bo’lib, 44 oilaga mansub o’simliklarda zararkunandalik qiladi.
Barg o’rovchi qo’ng’izlarning aksariyatiga xos xususiyatlardan yana biri ularning urg’ochisi tuxum qo’yishidan avval o’simlik bargini o’raydi va uning ichiga tuxum qo’yadi. Lichinkalar mana shu o’ralgan barg ichida rivojlanadi. Barg o’rovchi qo’ng’izlar o’rmon va qishloq xo’jaligiga katta ziyon yetkazadi. O’zbekistonda ham ushbu qo’ng’izlarning ayrim turlari uchraydi. Lekin O’zbekiston hududida barg o’rovchi qo’ng’izlar yetarlicha o’rganilmagan.
Bundan avval kamonchi baliqlar haqida xabar berilgan edi.
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar fikr qoldirishlari mumkin.